ⓘ Buyuk tekisliklar - tog oldi platosi, Shim. Amerikaning Sharqiy Kordilyera toglariga tutashib ketgan, AQSH va Kanada hududida. Jan.sharqdan shim.garbga 29° shah ..

                                     

ⓘ Buyuk tekisliklar

Buyuk tekisliklar - tog oldi platosi, Shim. Amerikaning Sharqiy Kordilyera toglariga tutashib ketgan, AQSH va Kanada hududida. Jan.sharqdan shim.garbga 29° shahrik. dan 62° shahrik. gacha 3600 km uzunlikka chozilgan, kengligi 550–800 km. Geologik jihatdan Shim. Amerika platformasining chekka kismi. Kristall jinslar, ohaktosh, qumtosh va lyosslar bilan qoplangan. Bal. sharqda 500 m dan garbda 1700 m gacha. Jan.da karst rivojlangan. Jarliklar Buyuk tekisliklar ni alohida qismlarga ajratib yuborgan: Eduarde platosi, LyanoEstakado, Buyuk tekisliklar va Missuri. Buyuk tekisliklar neft, toshkomir va qongir komirga, tabiiy gaz va osh tuziga boy. Iqlimi kontinental, shim. da motadil, jan.da subtropik iqlim. Yanv.ning ortacha temperaturasi shim.da - 28°, jan.da 12°, iyulniki shim.da 13°, jan. da 28°. Yillik yogin 250–600 mm. Daryolari kamsuv, tez oqadi. Yirik daryolari - Missuri, Platt, Arkanzas, Kolorado, Pekos; sugorishda keng foydalaniladi. Tuprogi kashtan, qongirormon qora tuproq. Tabiiy osimligi asosan dasht va ormondasht osimliklari, jan.da alohida savannalar uchraydi. Buyuk tekisliklar da asosan yaylov chorvachiligi rivojlangan, sugoriladigan yerlarda paxta, qand lavlagi, kartoshka kabi ekinlar yetishtiriladi.