ⓘ Buyuk fransuz inqilobi - Fransiya tarixida mustabid tuzumga barham bergan va yangi ijtimoiy tara qqiyotga yol ochgan inqilob. Qirol Lyudovik XVI1789 yil 5 mayda ..

                                     

ⓘ Buyuk fransuz inqilobi

Buyuk fransuz inqilobi - Fransiya tarixida mustabid tuzumga barham bergan va yangi ijtimoiy tara qqiyotga yol ochgan inqilob. Qirol Lyudovik XVI1789 yil 5 mayda Bosh shtatlar majlisini chaqirdi. 3toifa deputatlari 17 iyunda ozlarini Milliy majlis, 9 iyulda esa Tasis majlisi deb elon etdilar. Majlisni tarqatib yuborish maqsadida qilingan urinishlar xalq qozgoloniga sabab boldi. 14 iyulda Bastiliya turmasiga hujum boshlandi. Bu Buyuk fransuz inqilobi i.ning boshlanishi edi. Avg. oyida Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi qabul qilindi. Parij Kommunasi boshchiligidagi 1792 yil 10 avg. qozgoloni natijasida monarxiya tuzumi agdarildi. Siyosiy rahbarlik yirik savdo-sanoat mulkdorlar vakillari - jirondistlar qoliga otdi. Inqilobni chuqurlashtirish tarafdori bolgan yakobinchilar jirondistlarga qarshi chiqdi. 1793 yil yanvarda Konvent hukmi bilan qirol Lyudovik XVI davlatga xoinlik qilishda ayblanib, qatl etildi. 1793 yil 31 may - 2 iyun qozgoloni oqibatida yakobinchilar diktaturasi ornatildi. Yakobinchilar hukumati xalqni safarbar etib, uning Fransiyaga bostirib kirgan Yevropa monarxiyachi davlatlar qoshini ustidan galabasini taminladi. Biroq yakobinchilar avj oldirgan ommaviy terror ularning ijtimoiy bazasini toraytirib yubordi va maglubiyatga olib keldi. 1794 yil termidor tontarishi yakobinchilar diktaturasiga chek qoydi. Hokimiyat yirik mulkdorlar qolida jamlandi. Direktoriya oz tuzumini ornatdi. 1799 yil 18 bryumer kuni uyushtirilgan davlat tontarishi fransuz inqilobiga barham berdi.