ⓘ Buqoq, kasallik. Buqoq, osimliklar raki - osimliklarda uchraydigan kasallik. Osimlik ayrim organlarining haddan ortiq va notogri osib ketishi natijasida osimta, ..

                                     

ⓘ Buqoq (kasallik)

Buqoq, osimliklar raki - osimliklarda uchraydigan kasallik. Osimlik ayrim organlarining haddan ortiq va notogri osib ketishi natijasida osimta, gudda, osma, shishlar paydo boladi. Bunda hujayralar normal bolinmay, hajmi kengayadi, natijada, kengaygan hujayra toqimasi tashqariga osimta - shish bolib osib chiqadi. Bunday shishlar "buqoq" yoki "rak" deyiladi. Kartoshka B., mevali daraxtlarning ildiz raki, olmaning qora raki, pomidor bakterial raki keng tarqalgan va kop zarar yetkazadi. Kartoshka rakini Sunchytrium endobioticum zamburugi qozgatadi. Kartoshka tuganaklarida, ahyonda poya va barglarida qattiq domboq shishlar paydo boladi. Bu kasallik ichki karantin obyekti hisoblanadi. Rakka chidamli navlar va kasallik yuqmagan uruglik ekish, tuproqni nitrafen va boshqa preparatlar bilan yuqumsizlantirish choratadbirlari koriladi. Olma, nok daraxtlaridagi ildiz raki deb ataladigan kasallikni Bacterium tumefaciens bakteriyasi paydo qiladi, kasallik daraxtning ildizi va ildiz bogzini shikastlaydi. Olmaning qora rakini Sphaeropsis melorum zamburugi keltirib chiqaradi. Daraxtning tanasi, asosiy shoxlari, postlogi, bargi, guli, mevalarini zararlaydi. Avval shishlar kichkina bolib, astasekin kattalashadi, och sariq yoki och pushti rangga, keyinchalik jigarrangga kirib, sirti gadirbudurlashadi. Katta shishlar osimlikda bir necha oy va hatto 2 - 3 yil saqlanadi. Kasallikni vujudga keltiradigan organizmlar namgarchilik kam bolganda kopayib, tuproq, shamol, yomgir hamda hasharotlar orqali tarqaladi. Kasallangan osimlik yaxshi rivojlanmaydi, barglari sargayib quriydi, ayniqsa ildizdagi shishlar suv va oziq-ovqat moddalar harakatini susaytiradi. B.ga qarshi kurashish uchun soglom kochat va qalamchalar tayyorlash, kasallangan novda, shox va zanglarni kuzda kesib, kesilgan joyiga mis kuporosining 1% li yoki temir kuporosining 5% li eritmasini surtish, kochat ildizlarini 1% li eritma bilan dezinfeksiyalash, kasal kop tarqalgan kochatzorni haydab, yerdan 3 - 4 yilgacha foydalanmaslik, daraxt tanasini ohak bilan oqlash, vegetatsiya davrida daraxtga turli fungitsidlar purkash zarur.

                                     
  • Buqoq Buqoq - qalqrnsimon bezning kattalashuvi. Buqoq kasallik o simliklar raki - o simliklarda uchraydigan kasallik   
  • Buqoq - qalqonsimon bezning kattalashuvi. Kasallik shu bez funksiyasi o zgarmasdan eutireoz funksiyasi susayishi gipotireoz yoki kuchayishi tireotoksikoz
  • Bazedov kasalligi, diffuz toksik buqoq - qalqonsimonbezning biror sababga ko ra zo r berib ishlashidan kelib chiqadigan kasallik Nemis vrachi K. Bazedov batafsil