ⓘ Byurokratiya - dastlab hukumat idoralarining rahbarlari va amaldorlari hokimiyati; keyinchalik jamiyatning turli sohalarida paydo bolgan yirik tashkilotlardagi ..

                                     

ⓘ Byurokratiya

Byurokratiya - dastlab hukumat idoralarining rahbarlari va amaldorlari hokimiyati; keyinchalik jamiyatning turli sohalarida paydo bolgan yirik tashkilotlardagi xizmatchilar qatlamini ifodalagan. Boshqaruv va mamuriyatning zarur qismi sifatida B. alohida ijtimoiy qatlamga aylanib boradi. B.ga xos xususiyatlar: kuyi mansabdorlarning yuqori mansabdorlarga bosqichmabosqich boysunishi, qattiq ish tartiboti, maxsus malumotni taqozo etuvchi rasmiylashgan vazifalarni amalga oshirishda mehnat va masuliyat taqsimoti. Tashkilot kopchilik azolarining mustaqil ravishda imtiyozli qatlamga aylanishga intilishi oqibatida rasmiyatchilik, ozboshimchalik, avtoritarizm va sharoitga moslashish kuchaya boradi, tashkilotning tartibqoida hamda maqsadvazifalariga boysundirilishi asosan B.ni mustahkamlash va saqlab qolish uchun xizmat qiladi. Bu hol ayniqsa avtoritar tizimlarda yaqqol namoyon boladi. Mansabdor shaxs tomonidan oz vazifasiga vijdonsizlik va sovuqqonlik bilan karat, fuqarolarning taklif, ariza va shikoyatlarini korib chiqish tartibini buzish, ularga toralarcha munosabatda bolish hollari davlat va jamiyat manfaatlariga, fuqarolarning qonun bilan qoriqlanadigan huquq va manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadi. Demokratik jamiyat B.ning mazkur salbiy xususiyatlarini bartaraf etish va cheklashga qaratilgan nazorat hamda boshqaruv shakllarini ishlab chiqishga harakat qiladi.

Shu munosabat bilan OzR JKda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi mansabdor shaxslarning jinoyatlari tegishlicha jarima solish, muayyan xuqukdan maxrum qilish, axloqtuzatish ishlari yoki ozodliKdan mahrum etish kabilar 6n jazolanadi VII bob. OzRning "Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xattiharakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish togrisida"gi Qonuni 1995 yil 30 avg. ham har bir fuqaro oz huquqlari yoki erkinliklari buzilgan, deb hisoblasa, shikoyat bilan sudga murojaat qilish xuquqini taminlaydi.