ⓘ Boyoqlar - maydalangan mineral yoki organik pigmentlarning alifmoy, lok va boshqa boglovchilardagi suspenziyalari. Boyaluvchi buyumlarni yemirilishdan saqlaydi, ..

                                     

ⓘ Boyoqlar

Boyoqlar - maydalangan mineral yoki organik pigmentlarning alifmoy, lok va boshqa boglovchilardagi suspenziyalari. Boyaluvchi buyumlarni yemirilishdan saqlaydi, shuningdek ularga kurkam, chiroyli tus beradi. Boyoqlarning oziga xos xususiyati shuki, pigmentlar boglovchilarda erimaydi va quriganda buyum sirtida yupqa parda hosil qiladi. Boyoqlarning moyli va lokli xillari bor.

Moyli Boyoqlarda alifmoy parda hosil qiluvchi modda bolib xizmat qiladi. Moyli Boyoqlar alifmoyda tayyorlanadi. Sanoatda quyuq pasta holida ishlab chiqariladi. Moyli Boyoqlar suvga va ishqor tasiriga unchalik chidamli emas. Asosan qurilishda va temir yol transportida ishlatiladi.

Emalli Boyoqlarda sintetik smolalar yoki organik eritma loklar holatidagi sellyuloza efirlari parda hosil qiluvchi moddalar rolini bajaradi. Emalli Boyoqlar qollaniluvchi lokka qarab moyli, alkid, fenolmoy va fenolalkid, epoksid, epoksiefir, poliuretan, mochevinaformaldegid, melaminformaldegid, perxlorvinil, kremniyorganik, bitumli, polivinilatsetatli va boshqalarga ajratiladi. Benzin, kerosin, issiq suv muhitida ishlatiluvchi metall buyumlarni, yogoch, beton, qogoz, asbob va boshqa mashinalarni korroziyadan saqlash hamda elektroizolyatsiya maqsadlarida qollaniladi.

Badiiy Boyoqlar akvarel, guash, temper moyli Boyoqlardan iborat bolib, ularda nur tasiriga chidamli pigmentlar bor.

Qogoz, karton, gazmol va yogoch buyumlarni boyash uchun ishlatiladi.

Dekorativ Boyoqlar asboblar va apparatlarning detallarini boyashga ketadi.

Nurlanuvchi Boyoqlarda lyuminessensiyalanish xususiyati bor sovuq nurlanish. Shu maqsadda loklar tarkibiga lyuminofor nurlanadigan moddalar qoshiladi. Soat va asboblarda raqam va belgilarni yozish uchun kerak.

Termosezgir B. - boyalgan modda yuzasida trani nazorat qilish uchun qalam shaklida ishlatiladi.