ⓘ Bordoqiga boqish - qishloq xojaligi hayvonlarini goshti uchun boqib semirtirish, qisqa muddatlarda sifatli va eng kop miqdorda gosht olishni taminlaydigan texno ..

                                     

ⓘ Bordoqiga boqish

Bordoqiga boqish - qishloq xojaligi hayvonlarini goshti uchun boqib semirtirish, qisqa muddatlarda sifatli va eng kop miqdorda gosht olishni taminlaydigan texnologik jarayon; qoramol, chochqa, qoy, parrandalar, quyon va boshqa bordoqiga boqiladi. Bordoqiga boqish ning iqtisodiy korsatkichlari hayvon turi, zoti, jinsi, yoshi, sogligi holati, boqim darajasi va ozuqa mukammalligiga bogliq. Qoramolchilikda Bordoqiga boqish usuli gosht mahsulotiga qoyiladigan talabga kora tanlanadi. Barcha mamlakatlarda 6 - 8 oylik buzoqlarni 15 - 18 oy bordoqiga boqish vazni 400–480 kg ga yetkazib yuqori sifatli mol goshti olishda keng qollaniladigan va samarasi yuqori texnologiya hisoblanadi. Mollarga xojaliklarning ozida tayyorlangan ozuqalar - silos, senaj, ot, iddizmevalarni dagal va aralash ozuqalarga qoshib beriladi. Agar Bordoqiga boqish da mol faqat silos bilan boqiladigan bolsa, sutkasiga 250–400 kg vaznga 16–25 kg, katta mollarga 30–35 kg gacha silos beriladi. Toyimliligiga kora ratsionda silos hissasi 60 - 65% ni tashkil etishi mumkin. Proteinga bolgan ehtiyojni qondirish va ratsionning mukammalligini taminlash uchun ozuqaga mochevina va premikslar qoshiladi. Agar mol barda negizida boqiladigan bolsa, katta yoshdagi mollarga sutkasiga 80 - 90 l gacha yangi barda yediriladi. Barda ratsion tarkibiga somon, pichan, aralashmalar, vitaminlar, tuz, bor yoki fakultetorsizlangan fosfatlar qoshiladi. Paxtachilik rivojlangan mintaqalarda Bordoqiga boqish da paxta shulxasi sutkasiga, shrot dan foydalaniladi, makkajoxori silosi, beda senaji, pichan, don, yem beriladi. Bordoqiga boqish da sutkalik ortacha tirik vazn osishi 800 - 1200 g ga boradi. 1 kg vazn osishini taminlash uchun 8 - 11 ozuqa birligi sarflanadi. Tabiiy va madaniy yaylovlar yetarli bolgan mintaqalarda B. b.da yaylovlardan foydalanish mumkin. Qoychilikda goshtjun yonalishdagi zotlarni Bordoqiga boqish yaxshi samara beradi. Bordoqiga boqish uchun ajratilgan 3 - 3.5 oylik qozilar 7 - 9 oyligiga qadar boqilib, ularning vazni 45–50 kg ga yetkaziladi, gosht chiqishi 44 - 46% ni tashkil etadi. Parrandachilikda broyler yetishtirish asosiy orinda turadi. 2 - 6 oylik jojalar 15 - 25 sutka boqiladi. 1 kg vazn osishi uchun 6 - 9 ozuqa birligi sarflanadi. Asosiy ozuqa: mukammal aralash yem yoki aralash yem va turli aralashmalar. Chochqachilikda 15–16 kg vazndagi 2.5 oylik chochqa bolalari 7 - 7.5 oy boqiladi. 1 kg vazn osish uchun 4.5 - 5 ozuqa birligi sarflanadi. Bordoqiga boqish ni keng miqyosda tashkil etish mamlakatda gosht yetishtirishni kopaytirish imkoniyatini yaratadi. Ozbekistonda Bordoqiga boqish ixtisoslashtirilgan xojaliklarda ilgor texnologiyani qollagan holda sanoat usulida olib boriladi.