ⓘ Boston neft koni - Andijon viloyati Xojaobod tumani hududida, Andijon shahridan 15 km jan.sharqda joylashgan. 1952 yilda ochilgan, 1953 yil da ishga tushirilgan ..

                                     

ⓘ Boston neft koni

Boston neft koni - Andijon viloyati Xojaobod tumani hududida, Andijon shahridan 15 km jan.sharqda joylashgan. 1952 yilda ochilgan, 1953 yil da ishga tushirilgan. Neft uyumlari yura, bur, paleogen va neogen yotqiziqlarida joylashgan. Yura davri yotqiziqlarining qalinligi 195 m gacha. Bor davri yotqiziqlari Fargona botigiga mansub logon, kalachi, yalovoch va boshqa svitalarni oz ichiga oladi. Paleogen yotqiziqlari umumiy qalinligi 465 m gacha bolgan buxoro, olay, turkiston va boshqa svitalardan tashkil topgan. Neogen sistemasi massaget va baktr seriyalaridan tuzilgan. Boston neft koni k. antiklinal strukturada joylashgan. Garb ya sharqda kichik sinklinallar orqali Xojaobod va Jan. Olamushuk strukturalaridan ajralib turadi. Neft uyumi asosan neogen davrining qizgish svitasi 3gorizontida, ozroq miqdorda bor yotqiziqlarida uchraydi. Neftning s og. 0.829 dan 0.880 gacha. Tarkibida 88% gacha qatron, 10 % gacha parafin, 42% gacha oltingugurt, 3.3 % gacha asfalten mavjud.