ⓘ Bostonliq xazinasi - moddiy madaniyat yodgorligi. Toshkent viloyati Bostonliq tumanining Sijjak qishlogidagi Kokyongoq mavzeida, Piskom daryosining ong sohilida ..

                                     

ⓘ Bostonliq xazinasi

Bostonliq xazinasi - moddiy madaniyat yodgorligi. Toshkent viloyati Bostonliq tumanining Sijjak qishlogidagi Kokyongoq mavzeida, Piskom daryosining ong sohilida bolgan. 1965 yilda chopon Q. Ermatov topib Ozbekiston xalqlari tarixi muzeyiga topshirgan. Bostonliq xazinasi har birining ogirligi 200 g li 8 ta burama bilaguzuk, 8 ta tumor saqlanadigan quticha, 27 ta qongiroqcha, 1 ta buloqi va boyinga taqiladigan bir qancha zanjirdan iborat; hammasi kumush. Bilaguzuklar oyma, chizma va bosma usulda ishlangan bolib, ikki uchi ilon boshi korinishida, sirti turli geometrik shakl, naqsh va sugdcha yozuvlar bilan bezatilgan. Bu yerda olib borilgan arxeologik qazishlar jarayonida xumdonlar va kumush buyumlar yasaladigan ustaxonalar qoldigi, tangalar, sirlangan sopol idishlar bolagi ham topilgan. Bostonliq xazinasi Toshkent vohasining qad. aholisi madaniyatini organishda muhim ahamiyatga ega.