ⓘ Bogim - suyaklar ning harakatchan birikishi, bunda birikkan yuza oraligida boshliq boladi. B. hosil bolishida ishtirok etadigan suyaklarning sinovial suyuqlik b ..

                                     

ⓘ Bogim

Bogim - suyaklar ning harakatchan birikishi, bunda birikkan yuza oraligida boshliq boladi. B. hosil bolishida ishtirok etadigan suyaklarning sinovial suyuqlik bilan tola. B. boshligi va B. xaltasi farq qilinadi. Suyaklarning bir-biriga birikkan uchlari bir xilda bolmaydi. Kopincha oyoqqolning naysimon suyaklari B. sohasida yogonlashib, boshcha, suyakning qaramaqarshi yuzasida esa botiqchalar va maydonchalar hosil qiladi. Suyaklarning B. yuzalari B. paylari bilan qoplangan bolib, ular harakat vaqgida sodir boladigan zarblarni kamaytiradi, B.ning erkin va elastik harakat qilishiga imkon beradi. B. hosil qilishda ishtirok etadigan suyaklarning uchlari biriktiruvchi toqimadan tuzilgan bolib, B. xaltasi bilan, ichki tomondan esa sinovial parda bilan oralgan. Bu parda paylar yuzasini namlab turuvchi va ular harakatini yengillashtiruvchi suyuqlik ishlab chiqaradi, aks holda harakat chogida B. hosil qilgan suyaklarning yuzalari ozaro ishqalanib ogriq paydo qiladi va harakat cheklanadi. Kopchilik B. xaltasi boylamlar bilan mustahkam oralgan. B. yuzalarining shakliga qarab sharsimon, galtaksimon, tuxumsimon va boshqa B. lar boladi. Sharsimon boshchali suyak B.i eng serharakat hisoblanadi, tuxumsimon boshchali suyak B.i da bukilishyozilishdan boshqa harakatlar chegaralangan; bazi suyak B. lari aylanma harakat qilishi mumkin. Qator B.larning yordamchi tuzilmalari bolib, ularni B. paylari, disklar, menisklar bir-biriga moslashtirib turadi. Bazi suyaklar ozaro B. yordamisiz, biriktiruvchi toqimalar, boylamlar va paylar yordamida birikkan boladi. B. harakati odamning tik yurishi, bukilishi, ishlashi va boshqa holatlarini taminlaydi. B. sovuqqa, kasalliklarga, shikastlarga, moddalar almashinuvi buzilishiga ota tasirchan boladi, shu bois uni bu illatlardan himoya qilish lozim. Muntazam ravishda badan tarbiya bilan shugullanish B.ni mustahkamlaydi va ularni tashqi muhit tasirotlariga chidamini oshiradi. B. kasalliklaridan uning shikastlanishi, artroz, B. yalliglanishi koproq uchraydi. Shuningdek, B.larning qimirlamay qolishi, harakatining vaqtincha yoki butunlay cheklanishi kuzatiladi.