ⓘ Bogozlik - urgochi hayvon organizmida homilani olib yurish davridagi fiziologik holat. Bu jarayon otalanishdan boshlanib yetuk homilaning tugilishi bilan tugayd ..

                                     

ⓘ Bogozlik

Bogozlik - urgochi hayvon organizmida homilani olib yurish davridagi fiziologik holat. Bu jarayon otalanishdan boshlanib yetuk homilaning tugilishi bilan tugaydi. Bogozlik bir homilali va kop homilali bolishi mumkin. Bogozlikning kechishiga qarab fiziologik va patologik turlarga bolinadi. Fiziologik Bogozlik ona va homila organizmlarida jarayonlarning meyorda kechishi bilan tavsiflanadi. Patologik Bogozlikda ona va homila organizmida fiziologik jarayonlar buziladi va Bogozlik muddatiga yetmay tugaydi yoki homila nuqsonli tugiladi. Sigir, biya, tuya va boshqa hayvonlar bogozligi 5 - 6 oyligidan biqinini paypaslab va togri ichakka qol tiqib aniqlanadi. Bunda bola qattiq va qozgaluvchan tuyuladi, emchakda sirachsimon modda hosil boladi. Bogozlikning songgi davrida yelin kattalashadi. Quy, echki, chochqa, it va boshqa mayda hayvonlar bogozligi biqinini paypaslab va labratoriyada qon, siydik, sut, yungida serologik, biologik va kimyoviy ozgarishlarni tekshirish asosida aniqlanadi. Bogoz hayvonlarda siklik kuyukish alomatlari yoqoladi. Hayvonlar yuvosh, ehtiyotkor bolib, tez yurmaydi, ishtahasi ochiladi. Bogozlikning songgi davrida hayvon ozib, qornining ong tomoni nomutanosib ozgaradi, shoxlarining asosi ingichkalashadi. Bogozlik ning normlya borishi uchun bogoz hayvonlarni toza, yengil ozuqa bilan boqish, qishda sovuq suv ichirmaslik kerak. Sigirlarning tugishiga 1.5 - 2 oy qolganda sogishni toxtatib, tagiga qalin toshama solib turiladi. Ish hayvonlari ogir ishda ishlatilmaydi.