ⓘ Abazalar, abazinlar – Rossiya Federatsiyasining Qorachoy-Cherkas va Adigey muxtor viloyatlari hamda Stav-ropol olkasida yashaydigan xalq. Abazalar 33 ming kishi ..

                                     

ⓘ Abazalar

Abazalar, abazinlar – Rossiya Federatsiyasining Qorachoy-Cherkas va Adigey muxtor viloyatlari hamda Stav-ropol olkasida yashaydigan xalq. Abazalar 33 ming kishi. Turkiyaning markaziy hududlarida 10 mingga yaqin Abazalar yashaydi. Umumiy soni 44 ming kishi. Abazalarning ilk ajdodlari Qora dengiz boylarida, taxminan Tuapse bilan Bzib daryosi oraligida joylashgan edi. Kavkaz tillari guruhiga mansub abaza tilida gaplashadi. Hozor hududda 14-asrdan yashaydi. 19-asrning 30-yillari boshlarida Rossiya tomonidan boysundirilgan. Abazalar adigey xalqi bilan qadimdan qoshni yashaganliklari tufayli, madaniyat va turmushlari ularga oxshab ketadi. Abazalar islom dinining sunniy mazhabida. 20-asr boshlarida Abazalar katta qabilaviy guruhlarga bolinib yashar edilar. Kopchiligi dehqonchilik, bogdorchilik va chorvachilik bilan shugullanadi.