ⓘ Abas tumani astrofizika rasadxonasi. Abastumani astrofizika rasadxonasi – Gruziya Fanlar Akademiyasi astronomik ilmiy tadqiqot muassasasi; 1932 yilda Abastumani ..

                                     

ⓘ Abas tumani astrofizika rasadxonasi

Abastumani astrofizika rasadxonasi – Gruziya Fanlar Akademiyasi astronomik ilmiy tadqiqot muassasasi; 1932 yilda Abastumani qishlogi yonida tashkil qilingan. 1937 yildan dengiz sathidan 1650 m balandlikdagi Kanobili togida ish olib boradi. Yulduzlarning spektral korsatkichlari, yulduzlararo muhitda yoruglikning yutilishi, yulduzlarning Galaktikadagi harakati, Yerning yuqori atmosferasi organiladi. Ozgaruvchan yulduzlar va Oy sathi elektrofotometriya qilingan; yulduzlar va boshqa osmon jismlarining rang korsatkichlari royxati tuzilgan, yangi kometalar, kichik sayyoralar, yangi yulduzlar, emission yulduzlar ochilgan. Asosiy asboblari: 70 sm li meniskli teleskop, 125 sm li reflektor, 40 sm li reflektor, Shmidt tizimidagi 36 sm li teleskop, elektrofotometr ornatilgan 32 sm li reflektor, xromosfera teleskopi, 40 sm li qoshaloq astrograf va boshqa 1937 yildan "Byulleten" chop etadi. Osmonning 100 mingdan ortiq fotosurati saqlanmoqda.