ⓘ Yayra Abdullayeva. Yayra Umarovna Abdullayeva – Ozbekiston xalq artisti. Lizaxonim Petrosovaning qizi. Toshkent san’at institutini tugatgan. Ijodi Gavhar Rahimo ..

                                     

ⓘ Yayra Abdullayeva

Yayra Umarovna Abdullayeva – Ozbekiston xalq artisti. Lizaxonim Petrosovaning qizi. Toshkent san’at institutini tugatgan. Ijodi Gavhar Rahimova rahbarligidagi front konsert brigadasida boshlangan. 1950-yildan Hamza teatrida. Hafiza, Guli, Katerina, Gulbahor, Gulnor, Turgunoy, Xemnolini kabi obrazlarida turli toifadagi xotin-qizlar hayoti, ularning qismati, jasorati va olijanobligini mujassam-lantirdi. Key obrazi Abdullayeva ijodining choqqisi bolib, u yapon ayolining mashaqqatli hayot yolini, taqdirini psixologik teranlik va izchillik bilan ochib berdi. Regana, Mariya Styuart obrazlari bilan psixologik va fojiaviy rollar 1ustasi sifatida tanildi. Abdullayeva ovoz, imo-ishora, kinoya va boshqalar ifoda vositalaridan ustalik bilan foydalanadi. Nodirabegim obrazi Abdullayeva ijrosida ulugvor, olijanob malika va otashin ijodkor sifatida namoyon boldi. Abdullayevaning kinodagi asosiy rollari: Gulbahor, Dildor, Ra’no, Saodat, Xatira va boshqalar Hamza nomidagi Ozbekiston Davlat mukofoti laureati. "Dostlik" ordeni bilan taqdirlangan.