ⓘ Abdullanoma, Sharafnomai shohiy – Movarounnahrning 16-asrdagi tarixiga bagishlangan tarixiy asar. Hofiz Tanish Buxoriy tomonidan 1584 – 90 yillar oraligida fors ..

                                     

ⓘ Abdullanoma

"Abdullanoma", "Sharafnomai shohiy" – Movarounnahrning 16-asrdagi tarixiga bagishlangan tarixiy asar. Hofiz Tanish Buxoriy tomonidan 1584 – 90 yillar oraligida fors tilida yozilgan.

Asar Buxoro hukmdori Abdullaxon II ga bagishlanib, "Sharafnomai shohiy" va qisqartirilgan ayrim nusxalari "Zafarnomai Abdullaxon" nomlari bilan ham ataladi. "A." nazm aralash kofiyalangan nasr bilan yozilgan. "A." muqaddima, ikki maqola qism va xotimalardan iborat. Ammo asarning oxirgi qismi yozib tugatilgani ma’lum emas. Asar muqaddimasida Abdullaxonning hokimiyatga kelguniga qadar Movarounnahrda yuz bergan siyosiy voqealar – Chingizxonning isti-losi va mogullar hukmronligi, Dashti Qipchoqda Abulxayrxon davlati 1428 – 68ning barpo bolishi, Shayboniyxon 1451 – 1510ning Xurosonga yurishlari, shayboniylar bilan Zahiriddin Bobur ortasidagi harbiy toknashuvlar hamda Abdullaxonning nasli va nasabi togrisida hikoya qilinadi. "A."ning asosiy qismida Shayboniyxondan song Movarounnahrdagi siyosiy vaziyat, uning bir qancha mayda hokimliklarga bolinib ketishi, Abdullaxonning markaziy hokimiyatni mustahkamlash va mamla-katni siyosiy jihatdan birlashtirishga qaratilgan harakatlari, uning Dashti Qipchoq va Xurosonga yurishlari, 16-asrning 80 – 90-yillarida Buxoro, Xorazm va Badaxshondagi siyosiy vaziyat hamda Xorazm bilan Badaxshonning Buxoro xonligiga qoshib olinishi kabi tarixiy voqealar bayon etiladi. Asarda 16-asrda Movarounnahr bilan Turkiya, Hindiston va Eron ortasidagi munosabatlarga hamda Rossiya bilan savdo aloqalariga oid ma’lumotlar bor. Unda 16-asrda Buxoro xonligi qoshinlarining tuzilishi, harbiy taktikasi, qurol-yaroglari hamda Movarounnahrda, shu jumladan Buxoroda qurilgan me’morchilik obidalari va suv inshootlari togrisidagi ma’lumotlar keltiriladi. "A."da Movarounnahr xalqlarining etnik tarkibi, jumladan qangli, hipchoq, qorliq, xalaj, ogajiri, uryonqit, qongirot, orlot, uygur, sulduz, bayovut, dormon va boshqa qavmlarning kelib chiqishi va ularning urf-odatlari togrisida ma’lumotlar bor. "A."ni yozishda Xofiz Tanish Narshaxiyning "Buxoro tarixi", Rashiduddinning "Jome at-tavorix", Juvayniynnj "Tarixi jahon kushoy", Mirxondning "Ravzat us-safo", Sharafuddin Ali Yazdiyning "Muqaddimai Zafarnoma", Koshifiyning "Rashahot ayn al-hayot", Mirzo Haydarning "Tarixi Rashidiy" va boshqa tarixiy asarlardan foydalangan bolsada, ammo asarning asosiy qismi 16-asrda sodir bolgan kopgina tarixiy voqealarni oz kozi bilan korgan shohidlardan toplangan materiallar asosida yozilgan. Bu asar Movarounnahr xalqlarining 16-asrdagi siyosiy, ijti-moiy, iqtisodiy va madaniy hayotini organishda birinchi darajali manbalardan hisoblanadi. "A."ni 1942 – 51 yillarda ozbek sharqshunos olimi S. Mirzayev 1885 – 1961 ozbek tiliga tarjima qildi. B. Ahmedov uni toddirib va tuza-tib qayta nashr etdi 1999-2000.

                                     

1. Adabiyotlar

  • 2-jild, T., 1969;
  • 2-jild, T., 2000;
  • , 1-jild, T., 1999;
  • Umnyakov I. I., "Abdullaname" Xafiza Tanisha i yeyo issledovateli, Zapiski kollegii vostokovedov pri Aziatskom muzee Rossiyskoy Akademii nauk, t. 5, L., 1930;
  • Hofiz Tanish ibn Mirmuhammad Buxoriy, Abdullanoma, 1-jild, T., 1966;
  • Ahmedov B., Munirov K., Hofiz Tanish Buxoriy, T., 1963.
                                     
  • berishicha, Abdullanoma asarining oxirgi qismini Abdullaxon II ning topshirig i bilan qozi Poyanda Zominiy 1602 yilv.e. yozgan. Abdullanoma asari sharqshunos
  • Jonibek Sulton va boshqalarga Qosim shayxning ta siri kuchli bo lgan. Abdullanoma asarida yozilishicha, Qosim shayx shayboniy sultonlar o rtasidagi o zaro
  • asarida Bo zsuv ham Kaykovus arig i deyilgan. Hofiz Tanish Buxoriyning Abdullanoma Sharafnomai shoxiy asarida 16 - asrda Kaykovus arig i bo yida shahar
  • 1964. Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993 Hofiz Tanish al - Buxoriy, Abdullanoma 1 - j., T., 1999. O zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000 - yil
  • Toshkentda Baroqxon madrasasini qurdirgan. Hofiz Tanish Buxoriyning Abdullanoma asarida qayd etilishicha, Baroqxon 1556 - yil Zarafshon daryosidan boshlangan
  • yarador bo lgan o zbek sultonlari davolanadigan shifoxona bo lgan. Abdullanoma la keltirilgan ma lumotga ko ra, 16 - asrda Toshkentdagi Kaykovus arig i
  • nomi qadimdan mashhur. Devonu lug otit turk Tarixi Abulxayrxoniy Abdullanoma kabi asarlarda ham tilga olingan. Yarim orolning janubi - g arbiy qismi
  • komendanti. O zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000 - yil Hofiz Tanish al - Buxoriy, Abdullanoma Sharafnomayi shohiy 1 - j., T., 1999 Mirza Badi Divan, Madj - ma al - arkam
  • munosabatlar yomonlashuviga olib kelgan. Hofiz Tanish Buxoriy o zining Abdullanoma asarida Qulbobo ko kaldoshni umdat ul - mulk podsholik tayanchi nizomi
  • kirib... Juvonmard xon ni ikki bolasi bilan birga nobud qildi... Abdullanoma 1 - j., 314 b. J. A. Samarqand obodonchiligiga katta e tibor bergan
  • 2001. Muhammad Solih, Shayboniynoma, T., 1989 Hofiz Tanish alBuxoriy, Abdullanoma 1 - 2kitoblar T., 1999 - 2000 Mirzo Muxammad Haydar, Tarixi Rashidi
  • qo llangan. Nizom ul mulk, Siyosatnoma, T., 1997 Hofiz Tanish al - Buxoriy, Abdullanoma 1 - 2 - j.lar, T., 1999, 2000. O zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000 - yil
  • tumanidagi Yangiqo rg on qishlog idan 4 km narida saqlangan. Manba: Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T., 1996 Hofiz Tanish AlBuxoriy, Abdullanoma T., 1999.