ⓘ Abjad – 1 qadimgi arab alifbosi tarkibidagi harflardan tuzilgan va har qaysi harfning son qiymatini eslab qolish uchun yasalgan sakkizta sozning birinchisi va s ..

                                     

ⓘ Abjad

Abjad – 1) qadimgi arab alifbosi tarkibidagi harflardan tuzilgan va har qaysi harfning son qiymatini eslab qolish uchun yasalgan sakkizta sozning birinchisi va shartli umumiy nomi. Bu sozlar: abjad, havvaz, hutti, kalaman, sa’ufas, qarashat, saxxaz, zazag. Asli-da arab harflarining mazkur tartibi finikiya va oromiy harflaridan kelib chiqqan bolib, ular muayyan sonlarni ifodalaydi.Finikiya-oromiy alifbosida 400 dan keyingi sonlarni ifoda qilish uchun tav harfiga boshqa harflar qoshilgan. Mac, tavqof, tavresh, tavshin, tavtav, tav-tavqof va hokazo Arablar esa mazkur sakkizta sozning ol-dingi oltitasini 22 harfdan iborat fi-nikiya-oromiy alifbosi asosida tuzib, harflarning son ifodalarini 1000 ga yetkazish uchun finikiya-oromiy alifbosida bolmagan oltita arab harflaridan A.ning keyingi ikki sozini yasaganlar. Harflarni sonlar bilan va sonlarni harflar bilan ifoda qilish A. va jimal hisobi ismlari bilan atalib, qad. vaqtlarda sonlarni, mas, kopaytirish jadvalini yodlashni osonlashtirgan. Bundan tashqari, Sharq, shu jumladan ozbek mumtoz adabiyotida biror muhim hodisaning sanasini esda tutishni osonlashtirish uchun sonlar harflar bilan ifodalangan. Ozbek adabiyotida A. dan maxfiy yozuvlar yozishda ham foyda-lanilgan. Ozbek mumtoz adabiyotida A. hisobi 20-asr boshlarigacha qollangan; 2) boshlangich, ilk ma’nosiga ham ega; 3) musiqada – Yaqin va Orta Sharq musiqa ilmida tovush lar yozilishi va ularning nisbatlari aniqlanishida A. tizimidan foydalanilgan.