ⓘ Abiogenez – tirik tabiatda mavjud bolgan organik birikmalarning organizm ishtirokisiz nobiologik yol bilan hosil bolishi. Keng ma’noda A.– tirik mavjudotlarning ..

                                     

ⓘ Abiogenez

Abiogenez – tirik tabiatda mavjud bolgan organik birikmalarning organizm ishtirokisiz nobiologik yol bilan hosil bolishi. Keng ma’noda A.– tirik mavjudotlarning paydo bolishi, ya’ni hayotning vujudga kelishi haqidagi zamonaviy nazariyadir. A. togrisidagi eng qad. tushunchalar juda sodda bolib, tirik mavjudotlar anorganik yoki organik ulik moddalardan oz-ozidan paydo boladi, degan farazga asoslangan edi. Tirik mavjudotlarning oz-ozidan pay-do bolishi togrisidagi tushunchalarga 1861 yilda L. Paster uzil-kesil zarba berdi. Ammo A. togrisidagi zamonaviy nazariya organik moddalarning anorganik moddalardan sintezlanishi, piro-vard natijada hayotning A. orqali paydo bolishini inkor etmaydi, A. I. Oparin va boshqa kopgina olimlarning fikricha, Yerda hayot uzoq davom etgan kimyoviy ja-rayonlar natijasida Yer taraqqiyotining muayyan boskichida paydo bolgan. Qad. geologik davrlarda Yerdagi sharoit organik moddalarning A. sintezlanishi uchun 2qulay bolgan. 20-asr ortalarida oqsil va boshqa organik birikmalarning Yerning qad. geologik davrlardagi sharoitida abio-gen yUl bilan sintezlanishi tajribada is-bot etildi.