ⓘ Abissal – dengiz tubining 3000–6000 m chuqurlikka togri keladigan qismi. Oke-an tubining 75% ga yaqin qismini egal-laydi. A.da yashash muhiti turgun, harorat 1– ..

                                     

ⓘ Abissal

Abissal – dengiz tubining 3000–6000 m chuqurlikka togri keladigan qismi. Oke-an tubining 75% ga yaqin qismini egal-laydi. A.da yashash muhiti turgun, harorat 1–2°, suvning shorligi 35‰, gidrosta-tik bosimi 300–600 atm ga yaqin, butun-lay qorongi boladi. Quyosh nuri yetib bor-masligi tufayli A.da yashil osimliklar bolmaydi, hayvonlardan okean yuzasi-dan chokadigan detrit holidagi organik qoldiqlar va boshqa hayvonlarning murdasi bilan oziqlanadigan goloturiyalar, dengiz yulduzlari, dengiz nilufarlari, ayrim ikki tavaqali mollyuskalar, kop tuk-li chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, bulutsimonlar va bir qancha baliqlar uchraydi. Mikroorganizmlar saprofit bakteriyalar va ayrim zamburuglardan iborat. A.da doimiy hayot kechiradigan kopchilik organizmlar gidrosta-tik bosimning ozgarishiga juda sezgir bolganidan suvning sayoz joylarida uch-ramaydi.