ⓘ Abissal yotqiziqlar – hozirgi za-monda Tinch, Atlantika va Hind okeanlari tubining katta qismida hosil bolgan chokindilar. Bunday yotqiziklar kopincha 3 km dan ..

                                     

ⓘ Abissal yotqiziqlar

Abissal yotqiziqlar – hozirgi za-monda Tinch, Atlantika va Hind okeanlari tubining katta qismida hosil bolgan chokindilar. Bunday yotqiziklar kopincha 3 km dan ortiq chuqurlikda oksidlanish muhitida paydo boladi. Abissal yotqiziqlar: 1) mayda hayvon organizmlarining skletlaridan; 2) quruqlikdan shamol yoki dengiz oqimi natijasida keltirilgan mineral zarrachalardan, suv osti va suv usti vulkan jinslaridan, kosmik chan-glardan tashkil topadi. Suv organizmlarining okean tubida tezda parchalanib ketishi uchun kimyoviy sharoit bolmasa, u holda organik balchiqlar hosil boladi. Lekin organizmlar okean tubida kam bolsa yoki oksidlanish muhitida ularning skeletlari tezda erib ketsa, u holda koproq anorganik mineral yotqiziqlar vujudga keladi. Agar bu yotqiziklar tar-kibida temir bolsa, temirning oksid-lanishi natijasida loy chokindilari qizil rangga boyaladi.