ⓘ Abort – ayollarda homiladorlikning dastlab-ki 28 haftasida bachadondan homila tu-shishi, 28 haftadan ilgari tugilgan bola yashamaydi. A. erta va ke-chikib sodir ..

                                     

ⓘ Abort

Abort – ayollarda homiladorlikning dastlab-ki 28 haftasida bachadondan homila tu-shishi, 28 haftadan ilgari tugilgan bola yashamaydi. A. erta va ke-chikib sodir bolishi mumkin. A. sun’iy va gayriixtiyoriy A.ga bolinadi. Sun’iy A. ayolning oz istagi yoki sogligiga qarab homiladorlikning 12-haftasiga qadar, tibbiy sabablarga kora esa bundan kechroq muddatlarda tugruqxonalarda otkaziladi. Gayriixtiyoriy A. saba-blari: 1) otkir va yuqumli kasalliklar, mas, terlama, bezgak, brutsellyoz, zaxm va boshqa; 2) ona bilan homila qoni rezus fakto-rinnt mos kelmasligi ; 3) umumiy kasalliklar ; 4) jinsiy a’zo kasalliklari ; bunda sariq 5tana gormoni kam ishlanib chiqib, bacha-don muskullarini qisqartiruvchi omillar, jumladan follikulin kuchayib ke-tadi, natijada A. roy beradi; 5) ichki jinsiy a’zolarning turli sabablar bilan yalliglanishi; 6) ayol tanosil a’zosining yetarli rivojlanmaganligi ; 7) turli shikastlar ; homiladorning biror nar-sadan qattiq qorqishi, hayajonlanishi. Gayriixtiyoriy A. homilaning bachadon-dan kochish darajasiga qarab turlicha boladi. A. xavfi tugilganda bel ogrib, jinsiy a’zodan bir oz qon keladi, ba-chadon homila muddatiga nomuvofiq kattalashadi; togri davo qilinsa, homiladorlikni saqlab qolish mumkin. Boshlanayotgan A.da ogriq sezilib, qon keladi, bachadon taranglashib; bunda ham homila tirik bolsa, homiladorlikni saqlab qolish mumkin. Jadallashgan A. da laxta-laxta qon keladi, bachadon taran-glashadi, qisqaradi. Chala A.da homila butun chiqmay, uning kochmagan qismlari bachadon ichida qolib, qon kop ketadi, bachadon homiladorlik muddatiga nis-batan kichik boladi. Toliq A. da homila butun tushadi; shunga kora qon kelishi tez toxtaydi, bachadon kichrayadi. Homila nobud bolib, bachadon qisqarishi juda sust borsa, homilaning ajralishi va tu-shishi uzoq choziladi. Bunday hollarda bachadondan uzoq vaqtgacha qon ketadi. Ba’zan homila bachadon de-voridan kochadi-yu, lekin bachadon boyni kanalining tashki teshigi yopiq bolsa, boyin kanalida toxtab qoladi. Ba’zan homila nobud bolsa ham tushmaydi. Atrofidagi suv shimi-lib, ozi bujmayib, momiyosimon bolib qoladi. A. ga infeksiya sabab bolganda, infeksiya homilani zararlab, bachadon va boshqa jinsiy a’zolar hamda qorin pardasi yalliglanadi, homiladorning isitmasi kotariladi. Septik A. da esa mikroblar ona organiz-miga qon orqali tarqaladi, bemorning ahvoli ogir boladi; oz vaqtida chora korilmasa, ona nobud bolishi mumkin.Ozbekistonda kasalxonalardan tashqarida abort qilish taqiklanadi va jinoyat hisoblanadi. Ayolni A. ga majbur etgan shaxslar ham jinoiy javobgarlikka tortiladi.Hayvonlarda bogozlikning bevaqt tugallanishi, bola tashlash. A.ning ke-lib chiqish sabablariga qarab yuqumsiz, yuqumli va invazion turlari bor. Yuqumsiz A. asosan, urgochi hayvonlar jinsiy a’zosi funksiyasining buzili-shi va tashqi muhitning ta’siri na-tijasida sodir bolsa, yuqumli A. bru-sellyoz, trixomonoz va boshqa kasalliklar natijasida roy beradi. Invazion A. esa piroplazmoz, gel-mintozlar natijasi-da organizmning zaharlanishi va zaiflanishidan kelib chiqadi.Kurash choralari: chorva mollarini boqishda, sun’iy qochirishda, bogozlik davrida zootexnika va veterinariya qoidalariga toliq rioya qilish va hokazo.