ⓘ Abraziv materiallar, abra-zivlar – mayda donador yoki kukunsimon qattiq materiallar. Ulardan charxtosh, jilvir, qayroq va boshqa tayyorlanadi. Abraziv materiall ..

                                     

ⓘ Abraziv materiallar

Abraziv materiallar, abra-zivlar – mayda donador yoki kukunsimon qattiq materiallar. Ulardan charxtosh, jilvir, qayroq va boshqa tayyorlanadi. Abraziv materiallar tabiiy va sun’iy xillarga bolinadi. Olmos, korund, kvars va boshqa tabiiy; elektr ko-rund, kremniy karbid, bor karbidlar sun’iydir. Sanoatda sun’iy Abraziv materiallar keng qollaniladi. Sun’iy korund yoki elektr korund, asosan, alyuminiy -oksiddan iborat, u tabiiy jinslar ni elektr pechlarda eri-tib olinadi. Elektr korund juda qattiq material, 2050°S gacha temperaturaga chidaydi. Birmuncha qovushoq, otkir qirrali dona-chalar tarzida uvalanadi. Elektr korund tarkibida alyuminiy -oksid kopaysa, qattiqligi va qovushoqligi ortadi. Tar-kibidagi alyuminiy -oksidning miqdoriga kora elektr korundlar ikki xil boladi: 1 – oq elektr korund, 2 – normal elektr korund. Kremniy karbid elektr pechda qum va toshkomir aralashmalariga kremniy karbid hosil bolishini tezlash-tiruvchi qoshimcha materiallar qoshib, 1800 – 1850°S gacha qizdirib olinadi. Kremniy karbid elektr korundga nisba-tan ham qattiq, ham mort. Kremniy kar-bid ikki xil boladi: 1 – qora kremniy karbid, 2 – kok yashil kremniy karbid. Bor karbid qattiqligi olmosga yaqin material. U texnik borat kislota va neft koksidan iborat shixtani eri-tib olinadi. Qongir-qora rangli kukun tarzida ishlab chiqariladi.Abraziv asboblarning xillari: 1 – Yassi silliklash doirasi; 2 – konus do-ira; 3 – oymali disk; 4 – silliqlash diski; 5 – halqa; 6 – silindrik kosacha; 7 – konussimon kosacha; 8 – minerallar uchun moljallangan silindrik; 9 – si-lindrik silliklash kallagi; 10 – ko-nussimon; 11 – gumbazeimon; 12 – sharsimon; 13 – kvadrat shaklli chozinchoq; 14 – uch qirrali; 15 –doiraviy; 16 – pichoqsimon; 17 – trapesiya shaklli; 18 – qavariq-botiq; 19 – xoninglash uchun moljallangan qayroqtosh.Abraziv materiallarning asosiy korsatkichlari: qattiqligi, mustahkamligi va qovushoqligi, abraziv donalarining shakli, abrazivlik xususi-yati, donadorligi.