ⓘ Abri bahor – kitobat san’atiaa qolyozma kitob sahifalarini bezash san’ati; shuningdek shu usulda yaratilgan tasvir. Maxsus idishdagi da-raxt yelimining suvdagi ..

                                     

ⓘ Abri bahor

Abri bahor – kitobat san’atiaa qolyozma kitob sahifalarini bezash san’ati; shuningdek shu usulda yaratilgan tasvir. Maxsus idishdagi da-raxt yelimining suvdagi eritmasiga yelim va boshqalar bilan aralashtirib tayyorlangan turli rangdagi boyoklar moyqalam yor-damida navbati bilan so-iladi. Maxsus taroq vositasida turli rasm lar hosil qilib taralgan yelim yuzasidagi boyoqlar ustiga sur qogoz yopiladi; bir necha daqiqadan song u ohista olinib, qogozdagi suyuqlik oqib tushishi uchun bir uchidan osib qoyiladi, keyin soya joyda quritiladi. Abri bahorning egri-bugri chiziqli mavhum gullaridan tashqari mujassamotga ustalar turli handasiy shakllar, osimliksimon mavzular, hatto she’riy parchalar ham kiritishgan. Abri bahor gullari biri ikkinchisini takrorlamagan. Faqat mohir ustalargina aynan bir naqshni bir necha mar-ta takroran yaratishga erishgan. Ustalar tomonidan tilla zarralar bilan ishlangan Abri bahor qogozi ham tayyorlangan. Qolyozma ki-toblarni bu usulda bezatish Hirot kito-bat san’atida taraqqiy etdi, 16 – 17-asrlarda keng tarqaldi. Tabriz, Qazvin, Isfahon va boshqalarda shu usulda bezatib tay-yorlangan qolyozmalar uchraydi. Xoz. kunda unutilib ketgan Abri bahor san’atini qaytadan tiklashga urinishlar boldi. Jumladan, Ozbekistonda 1991 yil Abri bahor san’atini tiklagan Ozbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutining bir guruh ilmiy xodimlari shu usulda bezatilgan bir necha qolyozma kitoblarni qayta tikladilar.