ⓘ Abstraksiya – 1 butunning tomoni, momenti, bolagi, fragmenti, rivojlana olmagan, bir tomonlama, fragmentar narsa; 2 bi-lishda ob’ektiv reallikdagi predmet, hodi ..

                                     

ⓘ Abstraksiya

Abstraksiya – 1) butunning tomoni, momenti, bolagi, fragmenti, rivojlana olmagan, bir tomonlama, fragmentar narsa; 2) bi-lishda ob’ektiv reallikdagi predmet, hodisalarning ikkinchi darajali, uncha muhim bolmagan ayrim xususiyatlari-dan xayolan uzoqlashtiruvchi va shu asosda ularning eng muhim, asosiy tomonlarini borttirib korsatuvchi fikriy mo-del. Narsa va hodisalarning konkret to-mon, belgilaridan uzoqlashish va muhim jihat, belgilarini ajratish jarayoni abstraksiyalash, shu jarayonning natijasi, yakuni, xulosasi esa A. deyiladi. A. bilishda tushun-cha, kategoriya shaklida namoyon boladi. Mavhumlashtirish asosan tafakkorning muhim xususiyati hisoblansada, lekin tasavvurda ham abstraksiyaning ayrim elementlarini uchratish mumkin. Ab-straksiyalash jarayonida turli katego-riyalar, qonun, qonuniyat, sababiyat kabi mavhum tushunchalar vujudga kelib, bu 1tushuncha va kategoriyalar olamni bilishning muhim yakunlarini, natijalarini qurollarini tashkil etadi. Olamni organishda, hodisalarning mohiyatini ochishda, ular haqida togri xulosalar chiqarishda A. ning ahamiyati katta. Ab-straksiyalash miyaning sof ichki mahsuli emas, u reallikdagi hodisalar xususi-yatini u yoki bu tarzda aks ettirishning hosilasidir. Reallikdagi har bir pred-met bevosita yoki bilvosita boshqa pred-met bilan bogliq va u bilan birga qandaydir umumiylikka ega. Shuning uchun har bir predmetning faqat oziga xos hislatlari bilan birga umumiy tomonlari ham borki, bular shu predmetning ma’lum tartibga, qandaydir umumiy qrnuniyatga boysunishini korsatadi. Shu umumiy to-monlarda bir turdagi qator predmetlarning hammasiga xos bolgan xususiyatlar ifodalanadi, buni faqat predmetning ayrim tomonlarini mavhumlashtirish, ulardan uzoqlashib, umumiy tomonlarini aniqlabgina bilish mumkin. A. jarayonida real predmetlardan ajralib qolish hodisalari ham kop uchraydi, bun-da u asosli xulosalarga emas, balki xato natijalarga, quruq formula, sxemalarga olib keladi. A. ilm-fan, san’at uchun reallikni togri va chuqur, har tomonla-ma bilish quroli bolib xizmat qiladi. Falsafa A. va abstraksiyalashning mohiyati, mazmuni, tabiati, ahamiyatini eng umumiy shaklda yoritib beradi. Aning turli xususiy tomonlari mantiq, psixologiyada ham tahlil etiladi. A. dialektika doirasida talqin etilganda, "konkretlikdan abstraktlikka otish" va "abstraktlikdan konkretlikka otish" degan dialektik bilish usullari asoslab beriladi.