ⓘ Absurd drama, absurd teatr, gayrimantiqiy teatr – dramaturgiyadagi oqimning shartli nomi. 50 – 60-yillarda oqim tarafdorlari inson hayoti ma’nosiz, mavhum degan ..

                                     

ⓘ Absurd drama

Absurd drama, absurd teatr, gayrimantiqiy teatr – dramaturgiyadagi oqimning shartli nomi. 50 – 60-yillarda oqim tarafdorlari inson hayoti ma’nosiz, mavhum degan nuqtai nazarni ilgari soradi. Ular fikricha, inson hatto nima uchun yashayotganini ham anglab yetolmaydi, u doimo yolgon burch, yolgon axloq, yolgon munosabatlar qurboni bolaveradi. Absurd drama asoschisi va nazariyotchisi S. Bekketning "Godoning kutilishi" fojiali komediyasida Vladimir va Estragon tashlandiq yolda uchrashib qolishadi, asar davomida ikkalasi ham Godoni ku-tib otirishadi. Asarda boshqa voqea yoq. Godo balki boylikdir, balki baxtdir, balki olimdir? Asarda bu haqda hech nar-sa deyilmaydi, undan chiqadigan xulosa shuki, inson hayoti ham Godoni kutish kabi yolgon, mavhum, ma’nisiz, umidlarga tola. Uzoq vaqt Absurd drama namoyandalari asariga quruq safsata deb qarab kelindi, biroq 70-yillarga kelib, ular davr oldiga qoygan muammolar dolzarb ekanligi ayon boldi.Absurd drama oqimi teatr, dramaturgiyaga sahna shart degan tushunchani olib kirdi, uni nazm va nasrdagi ilgor an’analar bilan moslashtirdi, teatr, sahna haqidagi tasavvurlarni bir qadar yangiladi, unga zamonaviylik bagishladi.