ⓘ Avtomatik nusxalash – avto-matik qurilma yordamida namuna, model, andaza yoki chizmadan nusxa kochirib buyum yasash. Avtomatik nusxalash murakkab shaklli buyuml ..

                                     

ⓘ Avtomatik nusxalash

Avtomatik nusxalash – avto-matik qurilma yordamida namuna, model, andaza yoki chizmadan nusxa kochirib buyum yasash. Avtomatik nusxalash murakkab shaklli buyumlarni, mas, eshkak vintlarini, kema va samolyotlarning shakldor qismlarini, shtamp va boshqalarni yasashda qollaniladi. Avtomatik nusxalash maxsus 128nusxalash stanoklari, frezerlash-nus-xalash stanoklari va avtomatik agre-gatlarda bajariladi. Namuna, model yoki andazaning nusxasi ishlanayotgan buyumga mexaniq gidravlik, pnevmatik yoki elektrik kuzatish tizimi yordamida kochiriladi. Bu tizim namuna, model yoki andaza konturi boylab yuradigan qabul qiluvchi qurilma dan, shu datchikning vaziyatlarini uzatuvchi kuchaytirgichdan va buyumga datchik kochirayotgan nusxa shaklida ishlov beradigan mexanizmni boshqaruvchi ser-vomotordan iborat. Chizma nusxasi ish-lanayotgan buyumga fotoelektrik datchik yordamida kochiriladi.