ⓘ Avtomatik tutashtirish – kosmik apparatlar orbitaga alohida-alohida chiqarilgandan song ularni avtomatik usulda ulash. Kosmik apparatlarni orbitada ta’mir-lash, ..

                                     

ⓘ Avtomatik tutashtirish

Avtomatik tutashtirish – kosmik apparatlar orbitaga alohida-alohida chiqarilgandan song ularni avtomatik usulda ulash. Kosmik apparatlarni orbitada ta’mir-lash, kosmik stansiyalarni orbitada yigish, yonilgi, yordamchi jihoz va raketalar bilan ta’minlash, avariya holatlari yuz ber-ganda kosmonavtlarni qutqarish va boshqalarga imkon beradi. Avtomatik tutashtirish texnik jihatdan juda murakkab ish bolib, kosmik apparatlar orbitaga chiqarilganda ularning orbita tekisliklari ustma-ust tushishini, apparatlarning bir-biriga qattiq urilib ketmasligini, bir-biriga tomon juda 129aniq va ohista yonaltirilishini ta-lab qiladi. Bu ishlar Yerdagi maxsus stansiyalardan yoki kosmonavtning boshqarish pultidan boshqarib turiladi. Dunyoda birinchi marta 1967 yil 27 va 30 oktabrlarda uchirilgan Yer sun’iy yoldoshlari – "Kosmos-186" va "Kosmos-188" avto-matik tarzda ulandi. Ular ulangan holda 3 yarim soat davomida Yer atrofida ikki marta aylanib chiqqandan song yana aj-ratilib 31 oktabrda "Kosmos-186" Yerga qondirildi. Keyinchalik "Soyuz", "Salyut" va amerika "Apollon" dasturidagi kosmik kemalar tutashtirildi.