ⓘ Avtomatlashtirish texnika vositalari. AVTOMATLASHTIRISH TEXNI-KA VOSITALARI – turli jarayonlarni avtomatlashtirishga imkon beruvchi asbob va qurilmalar. Vazifas ..

                                     

ⓘ Avtomatlashtirish texnika vositalari

AVTOMATLASHTIRISH TEXNI-KA VOSITALARI – turli jarayonlarni avtomatlashtirishga imkon beruvchi asbob va qurilmalar. Vazifasi: a) texnologiya jarayonidagi parametrlarning ozgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish, b) axborotni uzatish, v) axborotni ozgartirish va saqlash, uni dasturdagi axborot bilan taqqoslash va buyruq axborotini tuzish, g) buyruq axborotini tex-nologik jarayonga tatbiq qilish. Nazorat axborotni qabul qilish vositalari nazorat qilinuvchi parametr ta’sirini sezuvchi va shu parametrni mexaniq issiqlik, op-tik va elektr parametrlarga aylantirib beruvchi organlardan iborat. Axborotni uzatish vositalari – aloqa liniyalari. Datchiklardan chikadigan signallar aloqa liniyalari orqali uzatiladi. Sig-nallarni uzoq masofaga uzatish uchun datchikdan chiqadigan signallar maxsus ozgartirgichlar yordamida uzatishga mos shaklga keltiriladi. Axborotni ishlab chiqish vositalari – registratorlar, signalni ozgartiruvchi qurilmalar, hisoblash jihozlari va mashinalari, boshqarish va taqsimlash qurilmalari, kommutatsiya uskunalari. Buyruq axborotini uzatish vositalari, asosan, nazorat ax-borotni uzatish vositalariga oxshaydi. Axborotni texnologiya jarayoniga tatbiq etuvchi qurilmalar – buyruq signalini kuchaytiruvchi, uni ijro etuvchi elementlar va rostlovchi organlardan iborat.