ⓘ Avtomobil dvigateli – avtomobilni harakatga keltiruvchi qurilma. Avtomobil dvigateli 2.3.4 va undan ortiq si-lindrli bolib, ular bir qator yoki V tartibida joyl ..

                                     

ⓘ Avtomobil dvigateli

Avtomobil dvigateli – avtomobilni harakatga keltiruvchi qurilma. Avtomobil dvigateli 2.3.4 va undan ortiq si-lindrli bolib, ular bir qator yoki "V" tartibida joylashtiriladi. Zamonaviy avtomobillardan keng tarqalgani porshenli ichki yonuv dvigateli. Ish ja-rayoni boyicha ikki taktli dvigatel va tort taktli dvigatellarga, yonilgining alangalanishi boyicha uchqundan alanga-lanadigan karbyuratorli dvigatellarga va dvigatel silindrlarida yonilgi oz-ozidan alangalanadigan dizel dvi-gatellariga bolinadi. Karbyuratorli Avtomobil dvigatelida karbyuratorda tayyorlanadigan benzin buglari bilan havo aralashmasidan iborat yonilgi aralashmasi silindrlarga uzatiladi. Dizel dvigatellarida silindrlarda qisilgan havoga yuqori bosimda dizel yonilgisi purkaladi. Za-monaviy Avtomobil dvigateli silindrlar bloki, krivo-ship-shatunli mexanizm, gaz taqsimlash mexanizmi, sovitish tizimi, moylash ti-zimi, ta’minlash tizimi, ot oldirish tizimi dan iborat. Zamonaviy yengil avtomobillarning dvigateli quvvati 15 – 310 kVt gacha, yuk avtomobillariniki 220 kVt gacha boladi. Bulardan tashqari rotorli-porshenli, gaz-turbinali dviga-tellar ham ishlatiladi.