ⓘ Avtomobil yoli – avtomobil transporti qatnoviga moljallangan muhandislik inshooti. Avtomobil yoli ahamiyatiga qarab xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga ega b ..

                                     

ⓘ Avtomobil yoli

Avtomobil yoli – avtomobil transporti qatnoviga moljallangan muhandislik inshooti. Avtomobil yoli ahamiyatiga qarab xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga ega bolgan yollarga bolinadi. Xalqaro Avtomobil yoli ga mamlakatlarni, yirik sanoat markazlarini boglovchi va katta iqtisodiy ahamiyatga ega bolgan yollar kiradi. Davlat ahamiyatidagi yollarga yirik sanoat markazlari, muhim temir yol stansiyalari, pristanlar va boshqa bilan boglovchi yollar, mahalliy yollarga esa viloyat, qishloq, jamoa xojaliklari yollari kiradi. Avtomobil yoli muhandislik inshooti sifatida quyidagi elementlardan tashkil topadi: yer poyi kotarmasi; yol toshamasi; qatnov qismi; yol cheti; sun’iy va chiziqli inshootlar va boshqa jihozlar. Avtomobil yoli tabiiy yoki tuproq kotarmasi, asos va qoplamalardan iborat. Asos qum, shagal, tosh, shlak va shahrik. materiallardan qilinadi. Avtomobil yolining ahamiyatiga qarab, quyidagi qoplama xillari ish-latiladi: a) yer sirtiga qumoq tuproq, shagal sochilgan past navli qoplamalar; b) qoramoy shimdirilgan shagal yoki may-dalangan tosh yotqizilgan qoplamalar; v) maydalangan tosh va shagalga qoramoy aralashtirilgan yengil qoplamalar; g) asfalt-beton, sement-beton singari kapital qoplamalar. Yollarning ken-gligi avtomobillarning ikki va undan ortiq qator bolib yurishiga imkon beradi. Bir qatorniig kengligi 3 m gacha oli-nadi. Chekka yollarning eni 2 – 2.5 m boladi. Harakat qulayligini ta’minlash maqsadida ba’zan yolning ortasi ma’lum kenglikda kokalamzorlashtiriladi. Avtomobil yoli qurilishida sun’iy inshootlar barpo etiladi. Avtomobil yolida suv otkazuvchi va drenaj qurilmalari boladi. Harakat xavfsizligini ta’min-lash uchun yol belgilari, korsatkichlar, himoya vositalari va transport oqimini boshqarish qurilmalari ornatiladi. Shuningdek, Avtomobil yolida texnika xizmati korsatuvchi stansiyalar, yonilgi stansiyalari va boshqa joylashadi.Jahon standartlari boyicha Avtomobil yolilari mamlakat umumiy transport tarmogidagi ahamiyati va hisobiy harakat jadalli-giga kora besh toifaga bolinadi. Eng yuqori toifadagi avtomobil yolida har ikkala yonalishda ortacha sutkalik harakat jadalligi 7000 dan koproq avtomobilga, hisobiy tezlik 150 km/so-atga, eng past toifadagi yolda harakat jadalligi sutkasiga 100 ga yaqin avtomobilga va hisobiy tezlik 60 km/so-atga moljallanadi. Xalq xojaligida avtomagistrallarning ahamiyati katta. Jahondagi Avtomobil yolilarining umumiy uz. 20.8 mln. km. Qattiq qoplamali Avtomobil yoli uzunligi AQShda 6243, Buyuk Britaniyada 356, Fransiyada 741, Germaniyada 496, Yaponiyada 782, Hindistonda 759. 20-asr boshida Ozbekistonda 27 ming km yol bolib, asosan ot-arava, karvon va yolovchilarga moljallangan, shundan faqat 2 ming km ga shagal yotqizilgan edi. 1920 yilga qadar yol ishlari bilan munta-zam shugullanadigan davlat tashkiloti bolmagan. 1922 yil noyabrda Turkiston mahalliy transport boshqarmasi, 1925 yil iyunda viloyat yol boshqarmalari tashkil etildi. Boshqarmalar viloyat yol qurilishi va ulardan foydalanishga oid masalalar bilan shugullangan. 1932 yildan yol qurilishida bitum va shagal aralashmasi keng qollanildi. 1928 – 32 yillarda respublikada birinchi bolib uz. 62 km bolgan qora qoplamali Buxoro – Gijduvon – Qiziltepa yoli, songra Samarqand – Panjakent, Toshkent – Pskent – Murotali, Qoqon – Shorsuv – Andijon – Kuyganyor va boshqa yollar qurildi.1929 yilda Respublika XKS huzurida yollar va avtomobil trans-porti bosh boshqarmasi, 1930 yilda "Ozyolqurilishtrest" aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi. 1941 yil gacha uz. 708 km bolgan Katta Ozbekiston trakti, hashar yoli bilan Toytepa – Angren, Samarqand – Jizzax – Navoiy, Fargona – Gorchakova kabi qoplamasi yaxshilangan yollar qurildi. 1953 yil Ozbekiston Avtomobil transporti vazirligi hamda OzSSR MS huzuridagi yollar bosh boshqarmasi negizida Ozbekiston Avtomobil transporti va tosh yollar vazirligi tashkil etildi. 1950 – 55 yillarda Zarafshon Avtomobil yoli, 1957 yil Toshkent – Qoqon Avtomobil yoli foydalanishga topshirildi. 1957 yil respublika avtomobil yollari tarmoqlari royxati otkazildi.60-80-yillarda Toshkent – Chinoz, Toshkent avtomobil halqa yoli, Samarqand halqa yolining 1-navbati, Nurota – Boymurot – Oqtov, Qoqon ay-lanma yollari va boshqa foydalanishga top-shirildi. Yol qurilishida yangi mashina va mexanizmlarni qollash kengaydi, yol qurish industriyasining asfalt-beton, 134kopriklar qurish uchun yigma temir-beton konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi korxonalari ishga tushirildi. 80-yillarning 2-yarmidan xalq xojaligida yuklarning 90% dan koprogi avtomobil transportida tashildi.Sobiq Ittifoq davrida Ozbekistonda qurilgan Avtomobil yolilari xalqaro andozalar ta-lablariga toliq javob bermagan.Respublika mustaqillikka erishganidan keyin Ozbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovning ichki va tashqi transport kommunikatsiyasi, jum-ladan avtomobil yollarini zamonaviy asosda rivojlantirish konsepsiyasiga binoan Koshni davlatlar va Jahon okea-niga chiqishni ta’minlaydigai eng qisqa va ishonchli transport yollarini bar-po etish, mavjud avtomobil yollarini xalqaro andozalarga moslash. yollarni saqlash va ta’mirlash, yangi barpo eti-layotgan sanoat markazlarini xalqaro magistrallar bilan boglaydigan yollar qurilishi masalalariga e’tibor kuchaydi. 1992 yil 3 iyulda "Avtomobil yollari togrisida" Ozbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. 1993 yil fevralda Ozbekiston avtomobil yollarini qurish va undan foydalanish davlat-aksiyadorlik konserni ish boshladi. Konsern tarkibida Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yollari boshqarmalari, 154 tuman avtomobil yollari boshqarmalari, 512 yollarni asrash va ulardan foydalanish bolimlari, "Ozyolloyiha" yol va inshootlar qurish, qayta qurish va ta’mirlash loyiha-qidiruv instituti, koprik temir-be-ton qurilmalari zavodi va boshqa korxonalar bor.Ozbekiston Xitoy va Pokistonga chiqish imkoniyatini beruvchi Andijon – Osh – Ergashtom – Kashqar avtomobil yolini ishga tushirishda qatnashmoqda. Respublikaning ozida Fargona vodiysi bilan Toshkent vohasini Qamchiq dovoni orqali boglaydigan yirik Avtomobil yoli hamda Qongirot – Beynov avtomagistrali qurilishi jadal olib borilmoqda, umumiy uzunligi 1250 km dan ortiq bolgan Andijon–Toshkent–Nukus–Qongirot avtomagistrali qurilishi loyihalashtirilmoqda. Respublika rivojlangan yol xojaligi va zamonaviy talablarga javob beradigan xalqaro, respublika, mahalliy ahamiyatga ega bolgan avtomobil yollariga ega. Mamlakatdagi avto-mobil yollarining jami uz. 146.4 ming kmdan ortiq. Umumiy foydalaniladigan avtomobil yollarining uz. 43.4 ming km, jumladan 3237 km xalqaro, 18767 km davlat, 21459 km mahalliy ahamiyatiga ega bolgan yoldir. Shuningdek respublika idoralar ga qarashli yollar ham mavjud.Ozbekistonda umumiy foydalanuvdagi jami yollarning 95.6% iga qattiq qoplamalar yotqizilgan, jumladan se-ment-beton qoplamali yollar 0.8%, asfalt-beton qoplamali yollar 49.6%, qora shagalli va qora qoplamali yollar 40.6% ni tashkil etadi. Respublikada 1864 km Avtomobil yoli 1-toifali yolga kiradi.Murodullo Abdullayev, Vohid A’za-mov.