ⓘ Avtomobil sanoati – mashi-nasozlikning bir tarmogi; avtomobillar, tirkama va yarim tirkama yuk tashish moslamalari, avtomobillarga ehtiyot qismlar, agregatlar i ..

                                     

ⓘ Avtomobil sanoati

Avtomobil sanoati – mashi-nasozlikning bir tarmogi; avtomobillar, tirkama va yarim tirkama yuk tashish moslamalari, avtomobillarga ehtiyot qismlar, agregatlar ishlab chiqaradi, shuningdek mototsikllar, mo-torollerlar, mopedlar, velosipedlar ishlab chiqarish korxonalari ham Avtomobil sanoati tarkibiga kiradi. Avtomobil sanoati 19-a oxirida Fransiya, Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniyada vujudga keldi. 20-asr davomida bu sanoat yuqoridagi mamlakatlardan tashqari. Yaponiya, Italiya, Rossiya, Kanada, Shvesiya va boshqa mamlakatlarda ham rivoj topgan. Dunyoda har yili orta hisobda 46–53 mln avtomobil ishlab chiqariladi, shulardan yuk avtomobillari 9–10 mln, avtobuslar 1.4–1.7 mln, krlganlari yengil avtomobillar. Yengil avtomobillar ishlab chiqarishda AQShning "Jeneral motors", "Ford", "Kraysler" avtomo-bil monopoliyalari jahonda ishlab chiqarilgan jami yengil avtomobillarning 23.6%ni ishlab chiqaradi, Yapo-niyaning "Toyota", "Xonda", "Nissan" monopoliyalari, Germani-yaning "Folksvagen", "Opel", Fransiyaning "Reno", Italiyaning "Fiat" kompaniyalari yengil avto-mobillar ishlab chiqarishda yetakchilik qiladi. 20-asrning 80-yillaridan boshlab avtomobil konsernlari avtomobil sotish bozorlarida kattaroq joy egallash, mahsulot tannar-xini kamaytirish va sifatini yuqori darajaga kotarish maqsadida xalqaro konsernlarga birlasha boshlashdi. Mas, "Ford" konserni oziga Yapo-niyaning "Mazda", Angliyaning "Yaguar", Shvesiyaning "Volvo" konsernlarining yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan bolimlarini kiritdi. "Folksvagen" Ispaniyaning "Seat", Germaniyaning "Audi", Chexiyaning "Shkoda" konsernlari bilan birlashdi. Bu jarayon hozirgi kungacha davom etib kelmoqda.Ozbekistonda Avtomobil sanoati 90-yillar boshidan paydo boldi. 1992 yil Ozbekiston Respublikasida Janubiy Koreyaning "DEU" korporatsiyasi bilan Asaka shahrida yillik loyiha quvvati 200 ming dona yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan "OzDEU-avto", qoshma korxonasi barpo etildi. Asaka avtomobil zavodida "Da-mas" mikroavtobuslarini seriyali ishlab chiqarish 1996 yil martdan yolga qoyildi, 1996 yil 19 iyulda zavodning rasmiy ochi-lishi va xalqaro taqdimoti otkazildi. 1996–99 yillarda "OzDEUavto" qoshma korxonasida 200 mingdan ortiq avtomobil, 1999 yilda jami 60 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqarildi. Chet elga 14 mingdan ortiq avtomobil eksport qilindi. Shuning-dek 1995 yil "Ozavtosanoat" uyushmasi va Turkiyaning "Koch xolding" kompaniyasi ortasida imzolangan shartnomaga kora, Samarqand shahrida yillik loyiha quvvati 5 ming donadan ziyod avtobus va turli yuk mashinalari ishlab chiqarishga moljallangan, umumiy qiymati 65 mln. AQSH dollariga teng "SamKochAvto" qoshma korxo-nasini bunyod etildi. Orta Osiyoda avtobus va turli yuk mashinalari ishlab chiqaradigan mazkur yagona korxonani ishga tushirishga moljallangan rasmiy takdimot marosimi 1999 yil 16 martda bolib otdi. Hozircha bu zavodda tayyorla-nayotgan mashinalar uchun butlovchi va ehtiyot qismlarning 25% Ozbekistonda 136ishlab chiqarilmoqda. Kelgusida avtomo-bil qismlarini ishlab chiqarish tobora kengaytiri-ladi. Asaka avtomobil zavodida ham dast-labki butlovchi va ehtiyot qismlarning 15% mahalliy korxonalarda tayyorlangan bolsa, 1999 yilga kelib bu korsatkich 55%ga yetdi.Respublika avtomobillar uchun but-lovchi qismlar ishlab chiqarishni ma-halliylashtirish dasturini amalga oshi-rish maqsadida onlab qoshma korxonalar tashkil etildi. Ular Janubiy koreyalik sheriklar ishtirokida tashkil etilgan zavodlar: "OzkoramKo", "Oz-Tong Xong", "Oz-Dong Yang", "Oz-Don-gju Peint Kom-pani", "Oz-Sam Yang" va boshqa1998 yilda "Ozavtosanoat" uyushmasi Xalqaro avtotransport ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkilotlariga a’zo etib qabul qilindi.Avtozavodlarning koplab dilerlari respublika ichida ham, undan tashqarida ham faol ishlamoqdalar. "Ozavtotexxizmat" aksiyadorlik jamiya-ti va "Ozbek-Lada" shular jumlasidan-dir. Avtomobillarning yangi modellarini yaratish maqsadida katta loyihalar ustida ishlar olib borilmoqda.2000 yil boshida Sifatni standart-lash boyicha xalqaro tashkilot "OzDEUavto" kompaniyasida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga xalqaro sifat talablariga muvofiqlik sertifi-katini berdi.Baxtiyor Hasanov.