ⓘ Advokatura – advokatlarning uyushgan kongilli jamoat tashkiloti. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 116-modda 2-qismida sud va tergov ishioi yuritish har q ..

                                     

ⓘ Advokatura

Advokatura – advokatlarning uyushgan kongilli jamoat tashkiloti. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 116-modda 2-qismida sud va tergov ishioi yuritish har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanishi, fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun advokatura fao-liyat korsatishi belgilangan. A. tashkil etish va ish tartibi qonun bilan belgilanadi. "Advokatura togrisida"gi Qonunda ta’kidlanishicha, A. – huquqiy muassasa hisoblanib, u ad-vokatlik faoliyati hamda xususiy advo-katlik amaliyoti bilan shugullanuvchi ay-rim shaxslarning mustaqil, kongilli, kasbiy birlashmalarini oz ichiga oladi, Ozbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi bolmagan shaxslarga, korxo-nalar, muassasalar, tashkilotlarga yuridik yordam korsatadi, oz faoliyatini Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 3-bobida korsatilgan Konstitutsiya va qonunning ustunligi togrisidagi prinsip hamda mustaqillik va boshqa demokratik prinsiplar asosida amalga oshiradi.Advokatlik faoliyati bilan shugullanish huquqini beruvchi litsen-ziyani belgilangan tartibda olgan shaxs oz advokatlik byurosini ochib yakka tartibda faoliyat korsatishga yoxud ix-189tiyoriylik asosida boshqa advokatlar bilan hay’atlar va firmalar tuzishga qaqdidir. Advokatlar byuro, hay’at va firmalari, shuningdek, advo-katlar birlashmalari Qoraqalpogiston Respublikasi Adliya vazirligi, vilo-yatlar, Toshkent sh. hokimliklari adliya boshqarmalari tomonidan Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartib-da royxatga olinadi. Advokatlar byuro, hay’at va firmalarini tuzish, ular tu-zilishi, shtatlari, vazifalari, mablag sarflash tartibi, rahbar organlarining vakolatlari, ularni saylash tar-tibi hamda advokatlar byuro, hay’at va firmalarining faoliyatiga doir boshqa masalalar ularning ustavlari bilan tartibga solib turiladi. A. notijorat tashkilotdir va faoliyatni oz mablaglari hisobidan amalga oshiradi. A. mablaglari, davlat bilan A. ortasidagi ozaro munosabatlar "Advokatlik faoli-yatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi togrisida"gi Ozbekiston Respublikasi Qonunida belgilab be-rilgan. A.lar qonunda belgilangan tar-tibda advokatlarning jamoat birlashmalarini tuzishi mumkin.