ⓘ Adipin kislota, ikki asosli organik kislota – rangsiz kristall. Mol. m. 146.15. Suyuqlanish temperaturasi 149– 150°, qaynash temperaturasi 265°. Suvda, etil spi ..

                                     

ⓘ Adipin kislota

Adipin kislota, ikki asosli organik kislota – rangsiz kristall. Mol. m. 146.15. Suyuqlanish temperaturasi 149– 150°, qaynash temperaturasi 265°. Suvda, etil spirtda koproq, efirda kamroq eriydi, Siklogeksanonni nitrat kislota yoki havo kislorodi bilan marganes tuzlari ish-tirokida oksidlab olinadi. U sun’-iy tola – neylon ishlab chiqarishda qollanadigan asosiy xom ashyodir. Efirlari plastifikatorlar va surkov moylari sifatida ishlatiladi. Etiladipinat – etillangan benzinning oktan sonini oshiruvchi modda, dialliladipinat esa smolalarga qotiruvchi qoshimcha sifati-da qullaniladi.