ⓘ Adrenogenital sindrom - kortikosteroidlar biosintezi uchun zarur fermentlarning tugma nuqsoni oqibatida yuz beradigan klinik sim-ptomlar majmui. Unga buyrak ust ..

                                     

ⓘ Adrenogenital sindrom

Adrenogenital sindrom - kortikosteroidlar biosintezi uchun zarur fermentlarning tugma nuqsoni oqibatida yuz beradigan klinik sim-ptomlar majmui. Unga buyrak usti bezi post qavatining tugma virilizatsiya-lovchi giperplaziyasi sabab buladi. Adrenogenital sindromning virilizatsiyalovchi xilida qonda kortizol miqdori deyarli kam bulib, androgenlar kopayib ketadi. Bunda qiz homilaning tashqi jinsiy a’zolari ogil homilaga xos boladi. Qiz tugilganidan keyin virilizatsiya davom etadi, gavda tuzilishi erkaklarnikiga oxshash bolib, sut bezlari osmaydi va hayz kormaydi. Ogil homilaning jinsiy a’zolari tez rivojlanadi va bola tugilganidan keyin barvaqt balogatga yetadi. Adrenogenital sindromning tuz yoqotish oqibatida kelib chiqadigan xiliga kortizol va aldosteron meta-bolizmida kuzatiladigan ancha chuqur ozgarishlar xosdir. Bu gormonlar miqdori juda kam bolib, bemorda buyrak usti bezi post qavatining yetishmovchiligi ruy beradi. Cha-aloqda soxta xunasalik belgilari, organizm degidratatsiyasi, keyinchalik yurak-tomir yetishmovchiligi kuzatiladi va bola yurak faoliyati tosatdan toxtashi natijasida nobud bolishi ham mumkin.