ⓘ Adrianopol sulh shartnomasi. ADRIANOPOL SULH SHAR-TNOMASI – 1828–29 yillardagi Rossiya-Turkiya urushini yakunlagan sulh shartnomasi. Adrianopol shahrida imzolan ..

                                     

ⓘ Adrianopol sulh shartnomasi

ADRIANOPOL SULH SHAR-TNOMASI – 1828–29 yillardagi Rossiya-Turkiya urushini yakunlagan sulh shartnomasi. Adrianopol shahrida imzolangan. 1827 yil 6 iyulda Rossiya, Angliya va Fransiya davlatlari ozaro til biriktirib, Turkiyadan Gresiyaga mux-toriyat berish masalasini qoydilar. Biroq Turkiya hukumati bu talabni rad etdi. Buning ustiga Dunay knyazliklarida Rossiyaning ustunligini tiklagan Akkerman konvensiyasi dan noro-zi bolgan Turkiya Rossiyani usmonlilar imperiyasining ashaddiy dushmani deb e’lon qildi va barcha musulmonlarni ruslarga qarshi gazovotga chaqirdi. Rossiya 1828 yil 14 aprelda Turkiyaga qarshi yurish boshladi. Rus qoshinlari tez ora-da Konstantinopolga yaqinlashib qoldi. Bundan chochigan Garb davlatlari Turki-yaga darhol sulh tuzishni va Rossiya shartlariga konishni taklif kildi. Turkiya 1829 yil 2 sentabrda Adrianopol sulh shartnomasi shahrini imzoladi. Adrianopol sulh shartnomasi sh. natijasida Qora dengizning Bos-for va Dardanel bogozlaridan rus va xorijiy davlatlarning savdo kemalari erkin otish huquqini oldi. Kavkaz yerlarining Rossiyaga uzil-kesil otganligi Adrianopol sulh shartnomasi shahrida qayd etildi.