ⓘ Adyunktura. Ad’yunktura – oliy malakali harbiy ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning asosiy shakli. Ozbekistonda uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qis ..

                                     

ⓘ Adyunktura

Ad’yunktura – oliy malakali harbiy ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning asosiy shakli. Ozbekistonda uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi. A. Ichki ishlar Akademiyasi, Qurolli kuchlar Aka-demiyasi, harbiy ilmiy tadqiqot institutlari va oliy oquv yurtlarida Ozbekiston Respubli-kasi Ichki ishlar vazirligi va Ozbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hay’atlarining qarorlari bilan Ozbekiston Respublikasi Fan va texnika dav-lat qomitasi hamda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi bilan kelishilgan holda tegishli mutaxassisliklar boyicha ochiladi. A. Ozbekiston Respublikasi FTDQ to-monidan attestatsiyadan otkaziladi.A. oz ishini "Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar mutaxassisli-klari royxati"ga muvofiq ravishda fan sohalarining tegishli mutaxassisliklari boyicha "Uzluksiz ta’lim tizimida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash togrisida"gi Nizom-ga hamda Ozbekiston Respublikasi IIV va Ozbekiston Respublikasi MVga tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlariga asosan olib boradi.A.da oqishdan maqsad ilmiy tadqiqot usullarini ozlashtirish, tegishli ilmiy sohaga oid bilimlarni egallash va fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya yoqlashdir. A.da kirish qoidalari, oqish muddatlari, ad’yunktlar tayyorlash usullari aspiranturanikiga oxshaydi.