ⓘ Ayollar qiziqchiligi – ozbek xotin-qizlari orasida tarqalgan xalq ogzaki san’atining bir turi. 18– 19-asrlarda xotin-qizlar orasida keng tarqalgan. Mac, 19-asrd ..

                                     

ⓘ Ayollar qiziqchiligi

Ayollar qiziqchiligi – ozbek xotin-qizlari orasida tarqalgan xalq ogzaki san’atining bir turi. 18– 19-asrlarda xotin-qizlar orasida keng tarqalgan. Mac, 19-asrda Qoqonda Iqlim dodho degan san’atkor rahbarligida ayol qiziqchilar todasi bolgan. Ularning repertuari turli xil qiziqchilik, kulgili hikoyalar, hajviy qoshiqlar, raqs va yallalardan tashkil topgan. Keyingi davrda ham Ayollar qiziqchiligi va uning an’analari davom etib keldi. Ayollar qiziqchiligi qurilishi, mazmuni, badiiy vositalari bilan erkak masharaboz va qiziqchilar tomoshalariga yaqin turadi. Farqi shun-daki, A.q da ijodkor ham, ijrochi ham, tomoshabin ham ayollar. Erkaklar rolini ham ayollar oynagan. Ayollardan koplab taniqli masharaboz va qiziqchilar chiqqan: goslik Qursiya Rustamova, Rozi Shoyimova; chopiqlik Xongul Olimova, Basgul Qudratova; qibraylik Salomat Muta-lova, Adolat Tursunova; jalaquduqlik Sojida Niyozmatova, Sottixon Ashurova, Adolat Botirova va boshqa Ular korsatgan ayrim tomoshalarda ijtimoiy masalalar ham kotarilgan. Bosh mavzu esa, xotin-qizlarning kun-dalik hayoti, oy-fikri, orzu istagi, tav-diridir. "Osma qoyish", "Kundoshlik", "Podachi", "Gung", "Malla devona" kabi asarlarda ayollarning otmishdagi ogir mehnati va ayanchli qismati tasvirlansa, "Zambur", "Domla eshon", "Loy sovun" hajviyalarida amaddor va firibgarlar fosh etiladi. Keyingi davrda yaratilgan Ayollar qiziqchiligi asarlari asosini axloq, turmush, oila va tarbiya mavzuidagi tomoshalar tashkil etdi.Ad.: Qodirov M., Ozbek xalq ogzaki dramasi, T., 1963.Muhsin Qodirov.