ⓘ Ajriq Pers – boshoqdoshlarga mansub kop yillik ildizpoyali begona ot. Barglari lentasimon, dagal, chetlari otkir-gidirish. 3–8 boshoqsimon shoxchalardan iborat ..

                                     

ⓘ Ajriq

Ajriq Pers) – boshoqdoshlarga mansub kop yillik ildizpoyali begona ot. Barglari lentasimon, dagal, chetlari otkir-gidirish. 3–8 boshoqsimon shoxchalardan iborat topguli poya uchida joylashgan. Mevasi – doncha. Iyundan to kech kuzgacha gullab meva tugadi. Asosan ildizpoyasi, qisman urugi yordamida kopayadi. Yer osti ildizpoyalari gorizon-tal yoki qiyshiq joylashgan novdalar hosil qiladi. Bu novda bogimlaridan yer ustiga osimtalar osib chiqadi. Shuning-dek, yer ustiga chiqqan novda bogimlarida iddiz rivojlanadi va barg qoltigidan gul beruvchi poya osadi. Ozbekistonda A. hamma yerda tarqalgan. Juda kop ekinzorlar orasida osib, tuproqdagi oziq moddalarni kuchli soradi va yerni oriqlatadi. Kurash choralari: hosili yigib olingan yerni haydash, maxsus taroqlagich yoki tishli borona yordamida ildizpoyalarni yigib olish; dalalarga dalapon sepish. Preparat purkalgandan song dala boronalanadi.