ⓘ Aza – marhumning izzat-hurmati va xotirasi uchun ma’lum muddat tutiladigan mo-211tam. A. tutish odati qadim zamonlardan mavjud bolib, xalqlarning diniy e’tiqodl ..

                                     

ⓘ Aza

Aza – marhumning izzat-hurmati va xotirasi uchun ma’lum muddat tutiladigan mo-211tam. A. tutish odati qadim zamonlardan mavjud bolib, xalqlarning diniy e’tiqodlariga kora farqlanadi. Islomda A. tutish muddati uch kun. Lekin eri vafot etgan ayollar uchun Idda mudda-ti esa tort oyu on kun. A. vaqtida ayollar oddiy matodan qora yoki kok libos kiyishadi. Ba’zi xalqlarda, jumladan ozbeklarda A.ni uzoq tutish – bir yil-gacha qora kiyim kiyish, toy qilmaslik va hokazo odatlar saqlangan. Shuningdek, marhum dafn etilgandan keyin uni xo-tirlab yetti, yigirma, qirq, hayit oshi, yil oshi, kiryuvdi, payshanbalik, yakshan-balik, oqkiyar kabi motam marosimlari otkaziladi. Bu udumlar xalq hayotiga goyat singib ketgan. Lekin bu an’anaviy maro-simlarning shar’iy asosi bolmaganligi sababli islom dinida ularning kop to-monlari tan olinmaydi. Ozbekiston mu-sulmonlari idorasi bularning orniga marhum ruhini shod etish uchun boshqa xayrli ishlar qilish joizligi haqida bir necha fatvo chiqargan.