ⓘ Azoboyoqlar – molekulasida aromatik radikallar ni birlashtiruvchi bir yoki bir necha azoguruh bolgan organik boyovchi moddalar. Odatda A. tarkibiga muayyan sond ..

                                     

ⓘ Azoboyoqlar

Azoboyoqlar – molekulasida aromatik radikallar ni birlashtiruvchi bir yoki bir necha azoguruh bolgan organik boyovchi moddalar. Odatda A. tarkibiga muayyan sondagi aminoguruh, oksiguruh va boshqa guruhlar kiradi. Azoguruh soniga qarab mono-, di-, tri- va poliazoboyoqlar bolishi mumkin. A. molekulasi tarki-bida auksoxromlar boladi. Azobirik-malarda esa auksoxromlar bolmaydi. A. xilma-xilligi va sifati jihatidan boyoqlar orasida birinchi orinni egal-laydi. Ularni hosil qilish uchun, av-valo, aromatik aminlar dia-zotirlash reaksiyasiga kiritiladi. Bunda hosil bolgan diazobirikmalarga, odatda aro-matik aminlar yoki fenollar ta’sir et-tirib, A. olinadi. A. kislotali, asosli, erimaydigan boyoqlar va boshqalarga bolinadi. Bulardan tashqari, pigment A., lok A., moy va spirtda eriydigan A., atsetat ipagini boyaydigan A. va boshqa boladi. A. toqimachilik sanoatida, lok-boyoq, poli-grafiya, konchilik, qogoz, rezina sanoa-tida va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlatiladi.