ⓘ Azor antitsikloni – Atlanti-ka okeanining Shimoliy yarim shardagi sub-tropik va tropik qismi ustidagi yuqori atmosfera bosimi oblasti. Markazi – 35-parallelda, ..

                                     

ⓘ Azor antitsikloni

Azor antitsikloni – Atlanti-ka okeanining Shimoliy yarim shardagi sub-tropik va tropik qismi ustidagi yuqori atmosfera bosimi oblasti. Markazi – 35-parallelda, Azor o.lari yaqinida. Azor antitsiklonining bir tarmogi qishda Saxroi Ka-birga, yezda esa Orta dengizga va Janubiy Yevropaga kirib boradi. Azor antitsiklonining marka-zida bosim yanvarda 1022 mb dan yuqori, iyulda 1025 mb dan ziyod. Azor antitsikloni okeanning shu qismida butun yil davomida si-klonlarga nisbatan antitsiklonlarning kop bolib turishidan vujudga keladi. Azor antitsikloni Shimoliy Tinch okean antitsikloni bilan Shimoliy yarim shardagi dengiz tropik havo massalarining markazi hisoblanadi. Bu havo massalarining Atlantika qutbiy frontida qutb havo massalari bilan ozaro toqnashishi natijasida okean ustida koplab siklonlar vujudga keladi, bu esa Yevropa ob-havosi va iqlimiga katta ta’sir korsatadi. Azor antitsiklonining ichki qismida bulut kam, havo quruq boladi. Azor antitsiklonining ancha quyi kengliklarida, ekvatorga yaqin joylarida Shimoliy Atlantika passat sha-mollari esib turadi.