ⓘ Azot toplovchi mikroorganizmlar. AZOT TOPLOVCHI MIKROOR-GANIZMLAR, azotfiksatorlar – at-mosferadagi molekulyar azot ni ozlashtiruvchi va uni organik birik-malar ..

                                     

ⓘ Azot toplovchi mikroorganizmlar

AZOT TOPLOVCHI MIKROOR-GANIZMLAR, azotfiksatorlar – at-mosferadagi molekulyar azot ni ozlashtiruvchi va uni organik birik-malarga otkazuvchi mikroorganizmlar. Azot toplovchi mikroorganizmlar m. ga dukkakli osimliklar bilan simbioz hayot kechiruvchi Phisobium turkumiga mansub bakteriyalar ki-radi. Dukkakli osimliklar eqilgan har bir gektar maydonda yiliga 100– 250 kg va undan ortiq atm. azoti toplanadi. Beda ildizida toplangan biologik azot tuproq unumdorligini oshiradi, tuproq tarkibidagi chirindi miqdorini kopaytiradi, tuproqning gidrolitik kislotaligini pasaytiradi. Dukkak-siz osimliklar ildizida tuganaklar hosil qiluvchi ak-tinomitsetlar ham Azot toplovchi mikroorganizmlar m. hisoblanadi. Ba’zi azot toplovchi bakteriyalar ayrim tropik osimliklar bargi toqimalarida tuganaklar hosil qilib rivojlanadi. Tuproqda va suv havzalarida erkin yashovchi sporali anaerob bakteriya – klostri-dium, aerob sharoitda yashovchi mikro-organizmlar – azotobakter, oligonitrofillar ham azot toplovchi faol mikroorganizmlarga kiradi. Kok-yashil suvotlarning kopchilik turlari, ayrim toq-qizil oltingugurt bak-225teriyalar va yashil bakteriyalar ham ak-tiv Azot toplovchi mikroorganizmlar m. dir. Azot toplovchi kok-yashil suvotlarning 80 turi ma’lum bolib, 45 turi Orta Osiyo tuproqlari va suv havzalarida tarqalgan. Ayrim zamburug turlari, achitqilar, spiroxetlar va boshqa ham atm. azotini toplashda ishtirok etadi. Azot toplovchi mikroorganizmlar m. tabiatda azotning aylanishida, xususan osimlikni ozlashtira olish mumkin bolgan azot bilan ta’minlashda, ya’ni atm. azotini osimliklar foyda-lanadigan korinishga keltirishda katta ahamiyatga ega.