ⓘ Azotlash – kimyoviy-issiqlik ish-lovi berish usullaridan biri. A. polat, titan, ba’zi qotishmalardan tayyorlangan detallarning sirtqi qatlamini azotga toyintiri ..

                                     

ⓘ Azotlash

Azotlash – kimyoviy-issiqlik ish-lovi berish usullaridan biri. A. polat, titan, ba’zi qotishmalardan tayyorlangan detallarning sirtqi qatlamini azotga toyintirishdan iborat. Detalning azotga toyintirilgan sirtqi qatlami juda qattiq, yeyilishga va zanglashga chidamli bolib qoladi. Yuqori temperaturalar ta’sirida boladigan va ishqalanuvchi detallar, dvi-gatel klapanlari, tishli gildiraklar va boshqa detallarning ish sirti azotlanadi. Detallarga uzil-kesil issiqlik ishlovi berilib va silliqlanib, zarur olchamga keltirilganidan keyingina A. amalga oshiriladi. Polat detallarning sirtqi qatlami ammiak oqimida 500–600° temperaturada azotlanadi. Buning uchun detal ogzi zich berkitiladigan mufel pech-ta joylanadi. Mufelga ammiak yuboriladi, ammiak azot bilan vodorodga parchalanadi. Azot atomlari detalning sirtqi qatlamiga diffuziyalanadi. Azot temir bilan reaksiyaga kirishib, qattiq ni-tridlar hosil qiladi, natijada detalning azotlangan sirtqi qatlami qattiq bolib qoladi. Titan qotishmalarni A. 850–950° temperaturada ota toza azot muhitida amalga oshiriladi. Ad.:Toraxonov A. S, Metallshunoslik va termik ishlash, T., 1968.