ⓘ Azotfiksatsiya, azot toplash – mikroorganizmlarning molekulyar azotni ozlashtirib, undan azotli birikmalar hosil qilish jarayoni. Asosiy azot toplovchi mikroorg ..

                                     

ⓘ Azotfiksatsiya

Azotfiksatsiya, azot toplash – mikroorganizmlarning molekulyar azotni ozlashtirib, undan azotli birikmalar hosil qilish jarayoni. Asosiy azot toplovchi mikroorganizmlar tuganak bakteriyalardir. Ularga dukkaklilarda va boshqa osimliklar bilan simbioz yashab, at-mosfera azotini ozlashtiruvchi bakte-riyalar hamda kok-yashil suvotlar, azoto-bakter, aktinomitsetlar, klostridiyalar vakillari va boshqa tuproq bakteriyalaridan iborat erkin yashovchi mikroorganizmlar kiradi. Molekulyar azotni biologik ozlashtiruvchilardan ratsional foyda-lanish hosilni oshirishga va mineral ogitlardan tejamli foydalanishga im-koniyat yaratadi.Fransuz olimi J. Bussengo yuksak osimliklar, mas, dukkaklilar bilan sim-bioz holatda yashovchi azot toplovchilar ustida birinchi aniq tajribalar otkazgan. Ingliz olimlari G. Gelriger va G. Vilfart oz ilmiy ishlarida dukkakli osimliklar ildi-zidagi sogalsimon osimtalar bilan osimlikning erkin azotni toplashi ortasida bogliqlik borligini isbotlab berdilar. 1866 yilda rus olimi M. S. Voro-nin tuganak toqimalaridagi mikroskop tanachalarni tavsiflab bergan. Golland mikrobiologi M. Beyerink 1888 yilda tu-ganak bakteriyalarni toza holda ajratib olgan. U tuganak bakteriyalar molekulyar azotni ozlashtirib, tuganaklar hosil qilishini asoslab berdi. Rus olimi S. N. Vinogradskiy 1893 yilda birinchi bolib azot toplovchilarni toza holda ajratib olishga muvaffaq boldi. Bu Clostridium pasteurianum deb atalgan spora hosil qiluvchi anaerob tayoqchalar edi. M. Beyerink 1901 yilda moleku-lyar azotni ozlashtirish qobiliyatiga ega bolgan aerob bakteriya – Azotobacter ni kashf qiladi.Toza bakteriyalar gazsimon azotni ozlashtirmaydi. Bu jarayon faqat yuksak osimliklar bilan simbioz holatda yuz beradi. Bakteriyalar osimlik sintez qilgan organik birikmalar bilan, osimliklar esa oz navbatida tuganaklardagi boglangan azot birikmalari bilan oziqdanadi. Bo-glangan azot tuganaklardan aminokis-lota shaklida osimlikning yer ustki qismiga otadi. Ozlashtirilgan azotning bir qismi ildiz orqali tuproqqa otadi. Unumli azot toplanishini ta’minlovchi dukkakli osimliklar bilan tuganakli bakteriyalar ortasidagi munosabat ma’lum tadbirlar majmuasi yordamida amalga oshadi. Goza – beda almashlab ekishda beda tuga-nak bakteriyalari har gektarda 100–150 kg azot toplaydi.Ergash Ziyamuhamedov.