ⓘ Ayblov – muayyan jinoiy qilmishni sodir etganlikda ayblanib, jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan shaxsning aybdorligini is-botl ..

                                     

ⓘ Ayblov

Ayblov – muayyan jinoiy qilmishni sodir etganlikda ayblanib, jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan shaxsning aybdorligini is-botlash maqsadida qilingan harakat. A. shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish togrisidagi tergovchi yoki prokurorning qarorida bayon qilinadi.A.ni ozgartirish, tugatish, toldirish va tugatilgan A. ni kayta tiklash tartiblari ushbu Kodeksning 362- va 363-moddalarida nazarda tutilgan. A. uch xil bolib A.ni 1) sudda korilayotgan jinoyat ishida qatnashayotgan prokuror davlat nomidan, 2) jamoat birlashmalari va jamoalar sud muhokamasida jamoat ayblovchisi tariqasida ishtirok etish uchun yuborgan va-kil – jamoat nomidan va 3) jabrlanuvchi shaxsan ozi yoki vakili orqali quvvatlashi mumkin. Prokuror davlat ayblovchisi tariqasida sud majlisida aniqlangan holatlarga qarab A.ni quvvatlash, ozgartirish yoki A.dan voz kechish huquqiga ega. Prokuror A.ni quvvatlash, ozgartirish va undan voz kechish xususida oz fikrini sudga yozma tariqasida topshirishi lozim. Jamoat ayblovchisi A.ning isbotlangani haqida sudda fikr berishga va A. dan voz kechishga haqli. Jamoat birlashmasi, jamoa ozi yollagan jamoat ayblovchisini xohlagan vaqtda chaqirib olishga yoki uni boshqa vakil bilan almashtirishga haqli. Agar jamoat ayblovchisi chaqirib olingan bolsa, vakil yuborgan jamoat birlashmasi yoki jamoa jamoat A.idan voz kechgan hisoblanadi.