ⓘ Ivan Ayvazovskiy. Ivan Konstantinovich Ayvazovskiy - rus rassomi. Armani oilasida tugilgan. 1845 yildan akademik, 1847 yildan professor, 1887 yildan Peterburg B ..

                                     

ⓘ Ivan Ayvazovskiy

Ivan Konstantinovich Ayvazovskiy - rus rassomi. Armani oilasida tugilgan. 1845 yildan akademik, 1847 yildan professor, 1887 yildan Peterburg Birlashgan Assotsiyatsiyasining faxriy azosi. Shuningdek, bir qator Yevropa Birlashgan Assotsiyatsiyalarining azosi bolgan. 1845 yildandan Feodosiyada yashagan. Ayvazovskiy merosi 6 mingga yaqin rassomlik asarlarini tashkil etadi. Ayvazovskiy asarlari aso-san dengiz manzaralariga bagishlangan, bepoyon okean va dengizlarning qudratli tolqin va tofonlari, ularning sokinligi, botayotgan quyosh nurida suvning jilvalanishi, oydin tun manzaralari tiniq va yorqin boyoqlar bilan nafis ifodalanadi. Ayvazovskiyning "Toqqizinchi val" asarining mazmuni dramatik bolishiga qaramay, kishida gussa tugdirmaydi; "Tungi boron", "Shimoliy dengizdagi boron", "Boron", "Dengizda oydin tun", "Qora dengiz", "Feodosiyada oy chiqishi" kabi manzaralari tundagi tabiyatning rangtasviridagi lirik ifodasidir. "Venetsiya", "Malaga", "Rodos oroli", "Krit orolida" kabi asarlari rassomning chet elga sayohatlari natijasidir. 1880 yilda Feodosiyada badiiy ustaxona va rasmlar galereyasini tashkil etdi, keyinchalik bular Ayvazovskiy nomi bilan atala boshlandi.