ⓘ Ayyor, ayyorlar – 1 Iroq va Eron shaharlarida 9–11-asrlarda diniy va siyosiy tusdagi galayonlarda faol ishtirok etgan goziylarning bir tabaqasi. Mac, saffo-riyl ..

                                     

ⓘ Ayyor

Ayyor, ayyorlar – 1) Iroq va Eron shaharlarida 9–11-asrlarda diniy va siyosiy tusdagi galayonlarda faol ishtirok etgan goziylarning bir tabaqasi. Mac, saffo-riylar qoshinining tarkibiy qismini al-mutatavvi’a tash-kil qilgan, ularni kamsitib A. deb atash-gan. A. tabaqasi yersiz va qochoq dehqonlar hisobiga safini tolatib borgan. A. mamlakat siyosiy hayotida muhim rol oynaganlar. Jangda alohida jasorat, shijoat korsatgan A. yuqoriroq tabaqaga – sarhanglar qatoriga otkazilgan; 2) orta asrlarda ozaro jang qiluvchi ikki mamlakatning biridan ikkinchisining orqa tomoniga, shuningdek dushman qoshini orasiga maxfiy ravishda yubo-rilib, unda hiyla-nayrang ishlatib qutqu solish, qoshinning orasini buzish, eng ke-rakli kishilarni aldab yoldan urish yoki qolga tushirish kabi ishlar bilan 235shugullanuvchi shaxs.Otmishda xon liklar ortasidagi ozaro nizo-janjallarda A.lar katta xizmat qilgan. Mac, Mehtarbodi Yaldoyi Samarqandiy, Chor Zolobiy, Doguli, Xavoriq, Ka-mak Kayyoniy, Yosuman va boshqa; 3) mugombir, "tul-ki", oz foydasi uchun zimdan ish qiluvchi shaxs; 4) badiiy adabiyotda shox, dilra-bo, nozli, sehrgar, oziga rom etuvchi yor.