ⓘ Aylanma pech – yotiq silindr shaklidagi sanoat pechi. Aylanma pech boylama oqi atrofida aylanadi yoki te-branadi. Metallarni suyuklantirish, materiallarni qurit ..

                                     

ⓘ Aylanma pech

Aylanma pech – yotiq silindr shaklidagi sanoat pechi. Aylanma pech boylama oqi atrofida aylanadi yoki te-branadi. Metallarni suyuklantirish, materiallarni quritish, bolgalash yoki shtamplash uchun metall xom ashyoni qizdirish, metall buyumlarga issiqlik ishlovi berish, sement pishirish va boshqa maqsadlar uchun moljallangan. Pechning aylanib turishi natijasida issiqlik bir tekis taqsimlanadi, shuning uchun pechning ichki qoplamasi uzoqqa chi-daydi. Aylanma pechda material yoki buyumlar yonilgining yonish mahsulotlari, elektr toki yoki elektr yoyi bilan qizdiriladi. Quritish va issiqlik ishlovi berish da material pechning bir boshidan kiritilib, ikkinchi boshidan chiqariladi; bunday pechlar uzluksiz ish-lashi mumkin. Suyuklantirish Aylanma pechlari davriy ravishda ishlaydi, chunki shixta solish va suyuq me-tallni tushirish pay-tida pechni toxtatish kerak boladi.