ⓘ Ayniylik prinsipi – kvant mexanikannng asosiy qonuni. Ayniylik prinsipi ga muvofiq bir xil zarralarni bir-biridan farq qilish mumkin emas. Klassik mexanikada fi ..

                                     

ⓘ Ayniylik prinsipi

Ayniylik prinsipi – kvant mexanikannng asosiy qonuni. Ayniylik prinsipi ga muvofiq bir xil zarralarni bir-biridan farq qilish mumkin emas. Klassik mexanikada fizik xossalari ayniy bolgan zarralar oz xususiyatini yoqotmaydi. Mas, mazkur fizik tizimga kirgan zarralarni biror boshlangich vaqtda "raqamlab" va ularning oz tra-yektoriyasi boylab harakatini kuzata borib, keyingi istalgan vaqnda qayerda bolishini aniqlash mumkin. Kvant mexa-nikaning aniqsizlik prinsipiga asosan zarra ning trayektoriyasi degan tushuncha oz ma’nosini yoqotadi. Ammo bu yerda zarrani topish ehgimoli kozda tutiladi, binobarin, kvant mexa-nikada zarralarni "raqamlariga qarab" bir-biridan farq qilish, aynan bir xil zarralar harakatini alohida-alohida kuzatish mumkin emas. Fizik xossalari bir xil bolgan zarralar bir-biridan farqsizdir. Ayniylik prinsipi kvant mexanikaning mu-staqil prinsipidir. Bir xil zar-ralardan tashkil topgan tizimlarning kvant nazariyasida Ayniylik prinsipi ni kuyidagicha ta’riflash mumkin: ayniy zarralarning orin almashinishi natijasida zarralar tizimining ichki ozgarish holatini hech qanday tajriba yordamida farq qilib bolmaydi va bunday holatni bitta fizik holat deb qaraladi. Ayniylik prinsipi Fermi – Di-rak statistikasiga boysunuvchi zarralar uchun Pauli prinsipo shaklida tavsif-lanadi.