ⓘ Ayniyat qonuni – togri, mantiqiy fikrlashning muhim qonunlaridan biri. Ayniyat qonuni mantiq fani da organiladi. Ayniyat qonuni ham tafakkurning boshqa qonun va ..

                                     

ⓘ Ayniyat qonuni

Ayniyat qonuni – togri, mantiqiy fikrlashning muhim qonunlaridan biri. Ayniyat qonuni mantiq fani da organiladi. Ayniyat qonuni ham tafakkurning boshqa qonun va shakllari singari predmet, hodisalarning ma’lum ob’ektiv xususiyat va munosabatlarini aks ettiradi. Predmetlarning nisbiy mustaqillikka ega bolish xususiyati, ma’lum davr ichida ma’lum muayyanlikni saqlab qolishi, ma’lum aniq mazmun va shaklga ega bolishi, boshqa narsalardan farq qilib turishi inson tafakku-rida bir necha minglab yillar davomida qayta-qayta aks etishi jarayonida Ayniyat qonuni shaklida ifodalangan. Bu qonun boyicha muhokamada, munozarada har bir fikr, har bir tushuncha ozining boshlangich ma’nosini ozgartirmasligi, aynan saqlanib qolishi, aniq, ravshan bolishi lozim. Ayniyat qonuni talablariga rioya etilmasa, fikrlash noaniq boladi, tushunchalar al-mashtirib yuboriladi, natijada tafak-kur ob’ektiv reallikni togri aks etti-ra olmaydi, haqiqatni bilib bolmaydi. Faqat mantiqiy, tafakkur uchun xos bolgan bu qonunning mazmunini keng ma’noda ishlatish, ob’ektiv reallikka kochirish metafizikaga olib boradi. Bu qonun mantiqda A=A shaklida ifodala-nadi.