ⓘ Haydar Aliyev. Haydar Alirizo ogli Aliyev - Ozarbayjonning ajoyib siyosiy va davlat arbobi, Ozarbayjon Respublikasining uchinchi Prezidenti, Ulug rahnamo va Oza ..

                                     

ⓘ Haydar Aliyev

Haydar Alirizo ogli Aliyev - Ozarbayjonning ajoyib siyosiy va davlat arbobi, Ozarbayjon Respublikasining uchinchi Prezidenti, "Ulug rahnamo" va "Ozarbayjon xalqining umummilliy lideri" unvonlarining rasmiy sohibi.

Haydar Aliyev - Ozarbayjon Respublikasining uchinchi prezidenti. Hozirgi prezident Ilhom Aliyevning otasi.

                                     

1. Hayoti

Umummilliy lider Haydar Alirizo ogli Aliyev 1923 yil 10 mayda Ozarbayjonning Naxchivon shahrida temiryolchi oilasida dunyoga kelgan. Naxchivon Pedagogika texnikumini 1939 yilda bitirgandan song Ozarbayjon Sanoat institutining memorlik fakultetida tahsil olgan. Boshlanib ketgan urush unga tahsilni tugatish imkonini bermagan.

Haydar Aliyev 1941-1944 yillarda Naxchivon MSSR Xalq Ichki Ishlar Komissarligida va Naxchivon MSSR Xalq Komissarligi Sovetida turli mas’ul vazifalarda xizmat qilgan, 1944 yilning mayida esa Naxchivon Viloyat Partiya Komiteti tomonidan davlat xavfsizligi organlariga ishga jonatilgan. U Leningrad hozirgi Sankt-Peterburg va Moskva shaharlarida alohida oliy tahsil olgan, 1957 yilda esa Ozarbayjon Davlat universitetining tarix fakultetini bitirgan. Davlat xavfsizligi organlarida yigrma besh yil 1944-1969 xizmat qilgan Haydar Aliyev 1965 yilda SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Davlat Xavfsizlik Komiteti Ozarbayjon raisining orinbosari, 1967 yilda esa uning raisi vazifasiga kotarilgan. H.Aliyevga 1967 yilda SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Davlat Xavfsizlik Komiteti tomonidan general-mayor unvoni berilgan

Ozarbayjon Kommunistik Partiyasi Markaziy Komitetining 1969 yil 14 iyuldagi tarixiy plenumida 46 yoshli Haydar Aliyev Ozarbayjon KP MKning birinchi kotibi etib saylandi va 1982 yilga qadar Ozarbayjon SSRga rahbarlik qildi. Haydar Aliyev respublikaga rahbarlik qilgan davrda 1969-1982 boshqaruvning mustahkamlanishi, kadrlarga nisbatan talabchanlikning ortishi natijasida iqtisodiy-ijtimoiy sohada ulkan natijalar qolga kiritildi. 1982 yilning dekabrida Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi Markaziy Komiteti Siyosiy Byurosining azosi etib saylangan Haydar Aliyev SSSR Ministrlar Soveti raisining birinchi orinbosari lavozimiga tayinlandi va SSSRning rahbarlaridan biriga aylandi.

Haydar Aliyev SSSR Oliy Sovetining 8, 9, 10 vs 11-chaqiriqlar deputati, 9-chaqiriq SSSR Oliy Soveti Ittifoq Soveti raisining orinbosari 1974-1979, RSFSR Oliy Sovetining deputati XI chaqiriq, 1985, Ozarbayjon SSR Oliy Sovetining 7, 8, 9, 10 va 12-chaqiriqlar deputati va Ozarbayjon SSR Oliy Soveti Prezidiumining azosi 8, 9 va 10-chaqiriqlar boldi.

Sov. IKP MKning 1987 yil oktabr plenumida Haydar Aliyev Sov. IKP MK Siyosiy Byurosining azoligidan va SSSR Ministrlar Soveti raisining birinchi orinbosari lavozimlaridan oz arizasiga kora istefo berdi.

Haydar Aliyev 1990 yilning 20 yanvarida sovet qoshinlarining Bokuda amalga oshirgan qonli fojeasi tufayli ertasi kuni 21 yanvar, 1990 yil Ozarbayjonning Moskvadagi vakili sifatida bayonot bilan chiqish qilib, Ozarbayjon, xalqiga qarshi amalga oshirilgan jinoyatning tashkilotchilari va ijrochilarining jazolanishini talab qildi. U Togli Qorabogda vujudga kelgan keskin mojaroli vaziyat bilan aloqador SSSR rahbariyatining ikkiyuzlamachilik siyosatiga etiroz ramzi sifatida 1991 yilning iyulida Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi safini tark etdi.

1990 yilning iyulida Ozarbayjonga qaytgan Haydar Aliyev dastlab Bokuda, keyin esa Naxchivonda yashadi, xuddi shu yilda Ozarbayjon Oliy Sovetiga deputat qilib saylandi. U 1991-1993 yillarda Naxchivon Muxtor Respublikasi Oliy Majlisi raisining orinbosari sifatida Oliy Sovetning sessiyalarida faol ishtirok etdi. Haydar Aliyev 1992 yilda Yangi Ozarbayjon Partiyasining Naxchivon shahrida bolib otgan tasis qurultoyida partiyaning raisi etib saylandi.

1993 yilning may-iyunida Ganja shahrida Sur’at Huseynov boshchiligida prezident Abulfaz Elchibeyga qarshi kotarilgan Ganja isyoni natijasida mamlakatda fuqarolar urushi va mustaqillikni boy berish xavfi tugilganda Ozarbayjon xalqi Haydar Aliyevning hokimiyatga qaytarilishi talabi bilan oyoqqa qalqdi, bu, asl manoda, milliy harakatga aylanib ketdi, Ozarbayjonning osha paytdagi davlat boshliqlari uni rasman Bokuga davat etishga majbur boldilar. Haydar Aliyev 15 iyunda Ozarbayjon Oliy Sovetining raisi qilib saylandi, 24 iyunda esa Milliy Majlisning qarori bilan Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining vazifasini amalga oshira boshladi.

1993 yil 3 oktabrda umumxalq saylovi natijasida Haydar Aliyev Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti etib saylandi. Uning Ozarbayjon rahbarligiga qaytishi bilan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, sotsial, iqtisodiy, ilmiy-madaniy hayotida, xalqaro aloqalarida ozgarishlar sodir boldi, ilmiy asoslarga, xalqaro meyor va tamoyillarga asoslangan mustaqil davlat qurilishi jarayoni boshlandi. Ozarbayjon davlatchiligining mavjudligiga katta xavf slogan 1994 yil oktabr va 1995 yil mart davlat tontarishi harakatlarining oldi olindi, davlat mustaqilligi saqlab qolindi, qurolli yol bilan hokimiyatni egallash harakatlariga chek qoyildi.

1994 yil 20 sentabrda Bokuda "Kaspiy dengizining Ozarbayjon sektorida "Ozariy", "Chiroq" qatlamlari teranlikda joylashgan qismining birgalikda qazilishi va olingan neftning pay shaklida taqsimlanishi togrisida" jahonning 11ta eng yirik neft shirkati bilan Asr Shartnomasi imzolandi.

Haydar Aliyevning prezidentligi davrida milliy armiya qurilishida jiddiy ozgarishlar boshlandi. Tajovuzkor qurolli kuchlarning Ozarbayjon hududidagi boshboshdoqliklarning oldi olindi, gaddor dushmanga qarshi zarbalar berildi va 1994 yilning mayida Armaniston - Ozarbayjon, Togli Qorabog mojarosini hal etishning dastlabki bosqichi sifatida front chizigida otishmalarni toxtatishning elon qilinishiga erishildi.

1995 yilning noyabrida umumbashariy demokratik qadriyatlarni ozida aks ettirgan Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasining referendum yoli bilan qabul qilinishi 1995 va 2000 yillarda koppartiyaviylik asosida demokratik parlament saylovlarining otkazilishi, Konstitutsiyaviy sudning faoliyat boshlashi, Ozarbayjonda olim jazosining bekor qilinishi, "Mahalliy organlarga saylovlar togrisida" gi Qonunning va boshqa bir qator qonunlarning qabul qilinishi va hayotga joriy etilishi aynan Haydar Aliyevning nomi bilan bogliqdir.

Haydar Aliyev 1998 yil 11 oktabrda xalqning yuksak faolligi sharoitida bolib otgan saylovlarda 76.1 foiz ovoz toplab, yangidan Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti etib saylandi.

Haydar Aliyev 2001 yilning 15 maydagi tarixiy farmoni bilan EAga Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi maqomini berdi va bu bilan ushbu ulkan fan tashkilotining Ozarbayjon xalqi oldidagi xizmatlarini hamda akademik fanning mamlakat ravnaqidagi asosiy omillaridan ekanligi faktini yana bir bor yuksak saviyada tasdiq etdi. Haydar Aliyevning tashabbusi, bevosita rahbarligi bilan 2001 yil 9-10 noyabrda dunyo ozarbayjonliklarining Bokuda bolib otgan I qurultoyi Ozarbayjon diasporasi faoliyatining yaxshilanishi va kuchaytirilishi sohasida juda muhim tarixiy qarorlar qabul qildi.

2003 yilgi prezident saylovlarida oz nomzodining ilgari surilishiga rozilik bergan Haydar Aliyev salomatligi borasida yuzaga kelgan muammolar tufayli saylovlarda ishtirok etishdan voz kechdi va oz nomzodligini Ilhom Aliyev foydasiga qaytarib oldi.

Ozarbayjonning umummilliy lideri Haydar Aliyev 2003 yil 12 dekabrda ozi davolanayotgan Klivlend Klinikasida AQSH vafot etdi va 15 dekabrda Bokudagi I faxriy Xiyobonda dafn etildi.

                                     

2.1. Mukofotlari, taqdirlanishlari va faxriy nomlari SSSR davri

  • I darajali Vatan Urushi Ordeni - 1985
  • II darajali "Namunaviy xizmatlari uchun" medali - 1959
  • "1941-1945 yillar Ulug Vatan urushidagi galabaning 20 yilligi" medali −1965
  • "DXKning faxriy xodimi" nishoni - 1960
  • "Patris Lumumba nomidagi Xalqlar Dostligi universiteti - 25 yil" medali - 1985
  • "SSSR Chegara Qoshinlarining 50 yilligi" yubiley nishoni - 1968
  • "SSSR Qurolli Kuchlarining 70 yilligi" yubiley medali - 1988
  • I darajali "Namunali xizmatlari uhun" medali - 1964
  • "Kiyevning 1500 yillik yubileyi xotirasiga" - 1982
  • "Qirgiziston SSR va Qirgiziston Kommunistik Partiyasining 60 yilligi" xotira medali - 1984
  • "UFK - VXK 50 yilligi nishoni" - 1967
  • "SSSR Qurolli Kuchlarining 40 yilligi" yubiley medali - 1957
  • "1941-1945 yillar Ulug Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan galaba uchun" medali - 1945
  • "Urushda korsatgan xizmatlari uchun" medali - 1954
  • "V.I.Lenin tugilganining 100 yilligi sharafiga fidokorona xizmatlari uchun" yubiley medali - 1970
  • "Sovet militsiyasining 50 yilligi" yubiley medali - 1967
  • "Georgiy Dmitrov tugilganining 100 yilligi" yubiley medali - 1982
  • "Komsomolsk - Amurning 50 yilligi" yubiley medali - 1984
  • Georgiy Dmitrov ordeni - 1983
  • Sov. IKP MK "Politicheskoe samoobrazovanie" jurnali tahrir hay’atining Faxriy Yorligi - 1982
  • "SSSR Qurolli Kuchlarining 60 yilligi" yubiley medali - 1978
  • "Fidokorona mehnatlari uchun" medali - 1949
  • "Qizil Yulduz" ordeni - 1962
  • "Sovet armiyasi va Flotining 30 yilligi" medali - 1948
  • "Oktabr Revolyutsiyasi" ordeni - 1982
  • 5 marta Lenin ordeni 1971, 1973, 1976, 1979, 1983
  • "1941-1945 yillar Ulug Vatan urushida erishilgan galabaning 30 yilligi" yubiley medali - 1975
  • VLKSM MK ning "60 yil V.I.Lenin nomi bilan" faxriy nishoni - 1984
  • "1941-1945 yillar Ulug Vatan urushida qozonilgan galabaning 40 yilligi" yubiley medali - 1985
  • Ozarbayjon SSR Oliy Sovetining Faxriy Yorligi - 1964
  • "1941-1945 yillar Ulug Vatan urushida korsatgan fidokorona mehnatlari uchun" medali - 1945
  • Sotsialistik Mehnat Qahramoni 1979, 1983
  • "SSSR Qurolli Kuchlarining 50 yilligi" yubiley medali - 1967
                                     

2.2. Mukofotlari, taqdirlanishlari va faxriy nomlari Mustaqillik davri

  • Xalqaro Xayriya Murabbiysi fondining oltin medali - 2002
  • Turk Sanoatchilari va Tadbirkorlari vaqfining "Yilning davlat arbobi" mukofoti - - 1999
  • Milliy Olimpiya Komitetlari Assotsiyatsiyasining "Layagad" mukofoti - 1997
  • Turkiya Ipak Yoli vaqfining "2001 yilning davlat arbobi" mukofoti - 2001
  • Turkiya Izmir shahri Qarshiyoko hokimining "Inson huquqlari" xalqaro mukofoti - 1998
  • I.Ya.Yakovlev nomidagi Umumchuvashiya Milliy mukofoti - 2000
  • "Anqara tadbirkorlari" jamiyatining "2001 yilning dono davlat arbobi" mukofoti - 2001
  • Isparta universitetining faxriy doktori - 1999
  • Turk Sanoatchilari va Tadbirkorlari vaqfining "Yilning davlat arbobi" mukofoti - 1998
  • Turkiya Ipak Yoli vaqfining 1998 yil "Buyuk lider" mukofoti va vaqfning faxriy raisi - 1999
  • "Ruh" Ozarbayjon jurnalistlari "Ruh" mudofaa qomitasining "Jurnalistlar dosti" mukofoti - 2002
  • Moskva Huquq akademiyasining faxriy doktori - 1997
  • Izmir shahar Egey universitetining faxriy doktori - 1998
  • Xalqaro Kadr Akademiyasining "Fan va talimning rivoji uchun" xalqaro ordeni - 1998
  • Rossiya Rassomlik akademiyasining "Layoqat" oltin medali - 2000
  • Anqara universitetining faxriy doktori - 2001
  • Tbilisi Davlat universitetining faxriy doktori - 1996
  • Rossiyaning eng yuksak mukofoti - "Muqaddas Apostol Andrey Pervozvanniy" ordeni - 2003
  • Xalqaro Biografiya markazining Angliya, Kembridj "Dunyoning XX asrdagi ajoyib arbobi" mukofoti - 1999
  • Ukraina madaniyat jamiyatining "Shuhrat" ordeni - 2003
  • Ozarbayjon Respublikasi Aslzodalar Majlisining 1 raqamli shahodatnomasi- 1999
  • Qirqpinor erkin kurash musobaqalarining "Bosh Ogasi" - 1998
  • Izmir shahar "Toqqizinchi Sentabr" universitetining faxriy doktori - 1997
  • Turkiya Marmara guruhi Strategik va Sotsial tadqiqotlar vaqfining faxriy raisi - 1998
  • Turkiyaning eng nufuzli mukofoti - "Otaturk Xalqaro Tinchlik mukofoti" - 1999
  • Turk Sanoatchilari va Tadbirkorlari vaqfining faxriy raisi - 2002
  • Turkiya Boyburt diyorining "Dada Qorqut" mukofoti - 1998
  • Turkiya Gazetachilar va Yozuvchilar vaqfining "Xalqaro turk dunyosi qardoshlik va dostlik mukofoti" - 2000
  • Rossiyaning Saratov viloyatidagi "Yurt" jamiyatining faxriy azosi −1998
  • Ukraina Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining faxriy doktori - 2003
  • Anqara shahar Hojattepa universitetining faxriy doktori - 1994
  • Xalqaro Fanlar akademiyasining faxriy akademigi - 2002
  • Turkiya Gazetachilar va Yozuvchilar vaqfining "Xalqaro turk dunyosi qardoshlik va dostlik mukofoti" - 1998
  • Turkiya Respublikasining yuksak mukofoti - "Davlat nishoni" −1997
  • Moskva Davlat xalqaro munosabatlar institutining faxriy doktori - 2002
  • Turkiya Ipak Yoli vaqfining "1999 yilning davlat arbobi" mukofoti - 2000
  • Turkiya "Siyosat" jurnalining "Yilning shuhrat mukofoti" - 1998
  • Amerika - Ovroosiyo Sanoat - Savdo Palatasining "1997 yil kishisi" mukofoti - 1997
  • Evropa Kurash federatsiyasining "Oltin boyinbog" alohida nishoni - 2002
  • Bolalar Fondlari Xalqaro assotsiyatsiyasining Lev Tolstoy nomidagi xalqaro oltin medali - 2003
  • Mammad Oraz mukofoti- 2003
  • Hindiston - Boku Assotsiyatsiyasining faxriy azosi - 1997
  • Moskva Davlat universitetining faxriy professori - 2002
  • Texas shtatining faxriy fuqarosi - 1997
  • Turk Dunyosi Yozuvchilar va Sanatkorlar vaqfining "Turk dunyosiga xizmat" mukofoti - 1998
  • Turkiya Ipak Yoli vaqfining faxriy azosi va mukofoti - 1998
  • Turkiya "Nargiz TV" kanalining 1997 yil uchun "Dunyo yil kishisi" mukofoti - 1998
  • "Anqara tadbirkorlari" jamiyatining "2002 yilning davlat arbobi" mukofoti - 2002
  • Turkiya Marmara guruhi Strategik va Sotsial tadqiqotlar vaqfining "Bugunning eng bardoshli kishisi" mukofoti - 1999
  • AQSH Linkoln universitetining faxriy doktori - 2003
  • Xalqaro Muhandislik akademiyasining "Katta oltin medali" - 2001
  • Gruziyaning oliy mukofoti - "Oltin runo" ordeni - 2001
  • Xalqaro Havaskor boks assotsiyatsiyasining faxriy mukofoti - 2001
  • Rus Pravoslav Cherkovining RPCh I darajali "Tabarruk taqvodor Moskva knyazi Daniil" ordeni - 2001
  • Xalqaro Uzumchilik va Sharobchilik akademiyasining faxriy azosi - 2002
  • "Ozarbayjon yil kishisi" mukofoti - 2002, 2003
  • Turk Dunyosi Yozuvchilar va Sanatkorlar vaqfining "Turk dunyosining 2001 yil alohida mukofoti" - 2002
  • Al-Forobiy nomidagi Qozoq Milliy Davlat universitetining faxriy doktori - 1997
  • Ozarbayjon Yozuvchilar biligining azosi - 1998
  • Ukrainaning yuksak mukofoti - "Yaroslav Mudriy" ordeni - 1997
  • "Rossiya Milliy Shuhrati markazi" ning "Sivilizatsiya dialogi" xalqaro Andrey Pervozvanniy mukofoti - 2002
  • Turkiya - Ozarbayjon Dostligi Vaqfining faxriy raisi - 1997
  • "Anqara tadbirkorlari" jamiyatining 1998 yilning davlat arbobi" mukofoti - 1998
  • Bursa shahar Uludog universitetining faxriy doktori - 2002
  • Iskandarin shahar universitetining faxriy doktori - 1999
  • Turkiya "Zamon" gazetasining "Ovroosiyoda tinchlik va dialog" xalqaro mukofoti - 2003
  • Qiriqqal’a universitetining faxriy doktori - 2003
  • "Anqara tadbirkorlari" jamiyatining "1997 yilning ajoyib davlat arbobi" mukofoti - 1997
  • Fransiya Respublikasi "Faxriy Legion" ordening Katta Xochi - 2003
  • Shayxulislom Ordeni - 2005 vafotidan song
  • Boku Davlat universitetining faxriy doktori - 2000
  • Turk Sanoatchilari va Tadbirkorlari vaqfining "Yuksak bashariy xizmat" mukofoti - 2002
  • Otaturk nomidagi Arzurum universitetining faxriy doktori - 1998
  • Toshkent Davlat Universitetining faxriy doktori - 1997
  • Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik, Mudofaa va Huquq tartiboti muammolari akademiyasining professori va haqiqiy azosi, Yu.V.Andropov #nomidagi mukofot - 2003
  • Qars shahar Kavkaz universitetining faxriy doktori - 2002
  • Turkiya Ipak Yoli vaqfining "2002 yilning siyosiy arbobi" mukofoti - 2003
  • Turkiya "Somonyoli" televizion kanalining "Medianing dosti" mukofoti - 2002
  • Qars shahar hokimining "1997 yil inson huquqlari" mukofoti - 1998
  • Usmongozi universitetining faxriy doktori- 2000
  • Rossiya Kinematografiya sanati akademiyasining "Nika" mukofoti - 2000
  • Istanbul shahar "Fotih" universitetining faxriy doktori - 1997
  • Ovroosiyo teleforumi mukofoti va diplomi - 2002
  • Turkiya "Siyosat" jurnalining "Yilning davlat arbobi" mukofoti - 2003
  • Ukraina "Oltin taqdir" Xalqaro oshkora mashhurlik reytingining "Gloriya Populi" oltin yulduzi - 2001
  • Kiyev shahrining faxriy mehmoni - 1997
  • Turkiya Marmara guruhi Strategik va Sotsial tadqiqotlar vaqfining 2002 yilning "Bosh ustoz Otaturk" mukofoti - 2002


                                     

3. Haydar Aliyev va O`zbekiston

Ozarbayjon xalqining milliy lideri Haydar Aliyev har doim qardosh O`zbekiston bilan munosabatlarga alohida ahamiyat berib kelgan va hatto Sovet davrida ham turkiyzabon qardosh mamlakatlarga alohida hamdardlik bildirgan.

Haydar Aliyev Ozarbayjon SSR Kommunistik Partiyasi Markaziy Qo`mitasining birinchi kotibi 1969-1982 bo`lganda, O`zbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Qo`mitasining birinchi kotibi Sharaf Rashidov bilan yaqin do`stona munosabatda bo`lgan. Agar 1980-yillarning ortalarida boshlangan voqealarga nazar tashlasak, Gorbachev va armanlar ittifoqning "birodarlar oilasi" da milliy kamsitish uruglarini ekishda ayniqsa faol bolganlari aniq.

1985 yilda Olma - Otadagi voqealarni eslang. Kop yillar davomida Qozogistonni muvaffaqiyatli boshqargan Sov. IKP. Markaziy Qomitaning Siyosiy byurosi azosi D.Kunaevning tayinlanishi, keraksiz ravishda ishdan boshatilgan va uning orniga Moskvadan yuborilgan Kolbining tayinlangani ommaviy noroziliklarni keltirib chiqardi. Osha paytda Gorbachev birinchi bolib musulmon mamlakati bolgan Qozogistonda qirginlarni amalga oshirish va koplab hibsga olish uchun harbiy kuch ishlatgan. Qozogistondagi voqealar Politbyuro a’zolari ortasida keskin kelishmovchilikni keltirib chiqardi. Protesto azosi Haydar Aliyev va Siyosiy byuroga nomzod Sharaf Rashidov Ozbekiston nomaqbul bolib qoldi.

Ularni partiyaning markaziy idorasidan chiqarish uchun SSSR prokuraturasi Kremlning topshirigigi bilan Ozarbayjon va Ozbekiston respublikalariga katta maxsus tergov guruhini yubordi. Shu orada, Kreml Ozarbayjon Kompartiyasi Markaziy Qomitasining birinchi kotibi lavozimiga tayinladi. Vazir yuborildi. Ozarbayjonda "paxta operatsiyasi" va Ozbekistonda "paxta ishi" boyicha tergov olib borilmoqda. Yuzlab odamlar xolis ayblovlar bilan qamoqqa tashlanmoqda. Tergov shuni isbotlaydiki, Naxçıvanning markaziy pochta bolimida telegraf operatori bolib ishlagan arman ozarbayjonlar nomidan yuzlab telegrammalar yuborgan.

1987 yil oktyabr oyida Haydar Aliyev SSSR Vazirlar Kengashi raisining birinchi orinbosari lavozimidan istefoga chiqdi. Tarix davomida Ozarbayjon erlarini kozdan kechirgan armanlar ushbu fursatdan foydalanib, akademik Aganbekyanning Frantsiyaga tashrifi chogida Togli Qorabog masalasini kotarishdi. 1988 yil fevral oyida arman ayirmachilari Togli Qorabogning Ozarbayjondan ajralib chiqishi va Armanistonga qoshilishi uchun ochiq kurashni boshladilar.

Sharaf Rashidov, qardosh Ozbekistonni boshqargan taniqli davlat arbobi, 1983 yilda Sovet Ittifoqi respublikalari ortasidagi diskriminatsiya siyosati va turk va musulmon respublikalariga qarshi adolatsiz fitnalari natijasida sirli vaziyatda vafot etdi.

2019 yilda Ozarbayjonda tashrif buyurgan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan Ozarbayjon presidenti Ilhom Aliev bu borada oz fikrlarini bildirdi. Sovet Ittifoqi davrida Ozbekiston va Ozarbayjon rahbarlari Sharaf Rashidov va Haydar Aliyevning dostona munosabatlari borligini ta’kidlagan davlat rahbarlarimizg U Ozbekistondagi qonunchilik vazirliklarini boshqargan Gdlyan va Ivanov singari arman millatchilari Sharaf Rashidovga nisbatan" ozbek ishi” munosabati bilan katta adolatsizlik qilganini aytdi. "Ular nafaqat Ozbekistonga, balki barchamizga katta zarar etkazganini takidlagan Prezident Ilhom Aliev bu voqealar Sovet Ittifoqining turkiyzabon respublikalariga ataylab qilingan hujum ekanligini aytdi. Ozarbayjonda bu hujum beparvo bolmadi ", - deya qoshimcha qildi prezident Ilhom Aliev.

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oz nutqida Ozarbayjon xalqining katta ogli Haydar Aliyev bilan doimo faxrlanib kelganini ta’kidladi. Prezident Mirziyoyevning takidlashicha, Ozbekistonda odamlar Haydar Aliyevga doimo eslashadi va hurmat qilishadi, chunki u chindan ham buyuk inson edi. Men u bilan ishlagan odamlar bilan juda kop suhbatlashdim. U har doim ozbek xalqini hurmat qilgan. Ular Sharaf Rashidovich bilan kop uchrashishdi va juda qiyin masalalarni hal qilishdi. Bugungi kunda ham tirik bolgan ularning maslahatchilari Haydar Aliyev har doim Ozbekiston haqida hurmat bilan gapirgan va uni hamma joyda qollab-quvvatlaganliklarini hanuzgacha faxr bilan aytishadi. Haydar Aliyevning "Ozbek ishi" kotarilgan ogir yillarda ozbek xalqi haqida shaxsiy fikri bor edi. Bugun biz Haydar Aliyevning ogli ushbu ulugvor ishni davom ettirayotganidan gururlanamiz.

Mustaqillik yillarida ulug rahbar Haydar Aliyev yana bir bor Ozbekistonga katta ahamiyat berdilar. 1996 yil ortalarida Ozarbayjon Respublikasining Ozbekiston Respublikasidagi elchixonalari, 1998 yil may oyida esa Ozarbayjon Respublikasida Ozbekiston Respublikasining elchixonalari ochildi.

Ikki davlat rahbarlarining tashriflari ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda ayniqsa muhimdir. Shu munosabat bilan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1996 yil 26-27 may kunlari Ozarbayjonga qilgan birinchi rasmiy tashrifini alohida takidlash lozim. Ozaro tushunish va dostlik ruhida otgan tashrif chogida ikki mamlakat "Ozarbayjon Respublikasi va Ozbekiston Respublikasi ortasidagi dostlik va hamkorlik togrisidagi shartnoma" ni oz ichiga olgan 19 hujjatdan iborat maxsus hujjatlar toplamini imzoladilar. Tashrif chogida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Boku davlat universitetining faxriy doktori unvoni berildi.

1996 yil 21-22 oktabr kunlari Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyev Turkiyzabon davlatlar rahbarlarining IV forumi va taniqli davlat arbobi Amir Teymur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Toshkentga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Haydar Aliyev Davlat rahbarlari forumida nutq sozladi. Uning sozlariga kora, turkiyzabon davlat rahbarlarining muntazam uchrashuvlari ushbu mamlakatlar ortasidagi hamkorlikni rivojlantirishga, madaniy va manaviy aloqalarni kengaytirishga va mustaqillikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ozarbayjon rahbari, shuningdek, davlat rahbarlarining qoshma matbuot anjumanida qatnashdi, ularning sharafiga ziyofat sorab murojaat qildi va ozbek televideniesi muxbirining savollariga javob berdi.

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Haydar Aliyevning 1997 yil 18-19 iyun kunlari Ozbekistonga rasmiy tashrifi munosabatlar rivojida yangi bosqich sifatida baholanishi mumkin. Bokuda bolgani kabi, Toshkentda 19 ta hujjat imzolandi. Ushbu hujjatlar orasida Ozarbayjon va Ozbekiston ortasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, dostlik va sheriklik munosabatlarini mustahkamlash togrisidagi bitim muhim ahamiyatga ega.

Imzolanish marosimida nutq sozlagan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Haydar Aliyev: "Biz Ozarbayjonda Ozbekiston bilan ishonchli sheriklik ornatishni istaymiz va bu aloqalar bolishi, rivojlanishi va mustahkamlanishi uchun hamma narsani qilamiz". Ozbekiston Prezidenti ikki mamlakat munosabatlari strategik hamkorlikka ega bolishini takidladi. Ikki davlat rahbarlari ozaro manfaatli masalalarni ham muhokama qildilar va hamkorlikning turli jihatlari boyicha fikr almashdilar.

Haydar Aliyev 1997 yil 19 iyunda u Ozarbayjon Prezidenti M. Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy Universitetining Faxriy doktori diplomiga sazovor boldi. 1998 yil 9 avgustda Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyev Yaltada yana bir bor Prezident Islam Karimov bilan Ukraina Prezidenti Leonid Kuchmaning 60 yilligiga bagishlangan tadbirlarda uchrashdi Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan masalalar muhokama qilindi.

Ulug rahbar Haydar Aliyev har doim turkiy dunyo mamlakatlari ortasida birlashishga harakat qilib kelgan va u turkiy olam yozuvchilari bilan uchrashuvida bu haqda batafsil toxtalib otgan edi:". Bizning xalqlarimiz madaniyati, adabiyoti va sheriyati koplab mahrumlik va qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. Bu qiyinchiliklar bazan bizning madaniyatimizga, ehtimol tarixning juda katta bosqichlariga duch keldi, ammo ular bizning madaniyatimiz, adabiyotimiz va sheriyatimizni oldirish, yoq qilish yoki yoq qilishga qodir emaslar. Barcha qiyinchiliklarni boshdan kechirgan turkiyzabon xalqlarning madaniyati, adabiyoti va sheriyati endi dunyo va insoniyatda alohida orin egalladi. Ulug rahbar Haydar Aliyevning merosi va faoliyatini organar ekan, uning Ozarbayjonning postsovet davrida va mustaqillikdan keyingi davrda olib borgan siyosati va kop tomonlama faoliyati milliy manfaatlarni himoya qilish, oziga ishonch, yaqin xalqlar bilan munosabatlarni rivojlantirish, Ozarbayjonning xalqaro siyosiy maydonda tutgan orni ekanligini korsatdi. uning obrosini oshirishga xizmat qilishi kerak edi.

Haydar Aliyev XX asrda zamonaviy Ozarbayjonning asoschisi, dunyo tarixidagi eng qarama-qarshi asrlardan biri bolgan. 40 yildan koproq vaqt Haydar Aliyevning shaxsiyati, ijodiy faoliyati va mamlakat taraqqiyoti uchun kurash bilan bogliq.

                                     

4. Haydar Aliyevning haykal va byustlari

  • Naxchivon shahrida Haydar Aliyevning byusti 1983 yil, haykaltarosh - Umar Eldorov
  • Misr Golibiya viloyati Qanatir shahrida umummilliy lider Haydar Aliyev obidasi va Ozarbayjon - Misr dostlik xiyoboni - 2008.
  • Ozarbayjon umummilliy lideri Haydar Aliyevning qabr ustidagi obidasi Boku, 2004 yil
  • Serbiyaning Belgrad shahar Toshmaydon xiyobonida Haydar Aliyevning haykali - 2011.
  • Gruziyaning poytaxt shahri Tbilisida Haydar Aliyevning byusti.
  • Turkiyaning Istanbul shahri Sarier tumanida Haydar Aliyev xiyoboni va haykali - 2006.
  • Haydar Aliyevning haykali Boku, 2005 yil.
                                     

5. "Haydar Aliyev" ordeni

"Haydar Aliyev" ordeni Ozarbayjon xalqining umummilliy lideri, mustaqil Ozarbayjon davlatining memori va asoschisi Haydar Aliyevning Ozarbayjon xalqi va davlati oldidagi beistisno tarixiy xizmatlarini nazarda tutgan holda va uning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Ozarbayjon Respublikasining 2005 yil 22 apreldagi tarixiy 896-PQ sonli Qonuni bilan tasis etilgan.



                                     

6. Shuningdek, qarang

  • Haydar Aliyev Markazi
  • "Haydar Aliyev" ordeni Arxivlandi 2011-10-09Wayback Machine saytida.
  • Ozarbayjon xalqining milliy ozodlik kuni
  • Aliyevshunoslik
  • Haydar Aliyevning vafoti va dafn etilishi Arxivlandi 2009-05-01Wayback Machine saytida.
  • Haydar Aliyev Fondi Arxivlandi 2012-02-25Wayback Machine saytida.
  • Respublikasining Prezidenti
  • Ozbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi
  • Aliyevchilik Arxivlandi 2016-03-11Wayback Machine saytida.
                                     

7. Havolalar

  • GEYDAR ALIRZA OGLY ALIYEV: BIOGRAFIYA ru
  • GEYDAR ALIYEV georgianpress.ru
  • Aliyev Haydar Alirizo ogli az
  • Haydar Aliyev va Ozarbayjon parlamenti az
  • Aliyev Geydar Ali Rza ogly ru
  • Haydar Aliyev az
  • Haydar Aliyev Merosini Organish Markazi az
                                     
  • Haydar Aliyev Fondi ozarb. Heydər Əliyev Fondu - notijorat turdagi nodavlat tashkilotdir. Fondni tashkil etish Haydar Aliyevga bo lgan hurmatni ko rsatish
  • Ilhom Haydar o g li Aliyev ozarbayjoncha: Ilham Heydər oğlu Əliyev 1961 - yil, 24 - dekabr Boku, Ozarbayjon SSR, SSSR - Ozarbayjonlik siyosiy va davlat
  • Kashla posyolkasi tumanning ma muriy hududiga kiradi. Nizomiy tumani Haydar Aliyev Qora Qorayev va Babek prospektlari bilan birga Koroglu Gara Garayev
  • vitse - prezidenti Ozarbayjon Respublikasi Prezidentinining umr yo ldoshi, Haydar Aliyev Fondi va Ozarbayjon Madaniyati Fondining Prezidenti, YUNESKO va ISESKOning
  • beri Haydar Aliyev fondining Rossiya vakolatxonasi rahbari, 2007 - yildan beri Baku jurnalining asoschisi va bosh muharriri, 2011 - yildan Haydar Aliyev Fondining
  • ta kutubxona mavjud. Nasimiy tumanida joylashgan muhim makonlardan Haydar Aliyev saroyi, Baki poezd stansiyasi, Boku davlat sirki va Boku xalqaro dengiz
  • boshlang ichi bo ldi. Ozarbayjonni halokatli falokatdan xalos qilgan rahbar Haydar Aliyev mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi uchun ham chora - tadbirlar ko ra
  • 1997 H.A. Aliyev K.G.B. Officer And Azeri Leader, 80, Dies. www.nytimes.com. The New York Times. 2 August 2014. Azerbaijan s Ilham Aliyev claims election
  • etilgan. Bu asar muallifning eng mashhur kitobidir. Asarni o zbek tiliga Haydar Ibrohimov tarjima qilgan. Romanda asar qahramoni Sergey Dumchev chumolidek