ⓘ Angliya-Rossiya bitimlari -1873 yilbitimi Angliya va Rossiya hukumatlari ortasida 1872 yil oktabr – 1873 yil yanvarda bolgan muzokaralar natijasida Turkiston bu ..

                                     

ⓘ Angliya-Rossiya bitimlari

Angliya-Rossiya bitimlari -1873 yilbitimi Angliya va Rossiya hukumatlari ortasida 1872 yil oktabr – 1873 yil yanvarda bolgan muzokaralar natijasida Turkiston "bufer" po-yasi – oraliq yerlari haqida tuzilgan. Bu bitim Rossiya va Angliyaning Turki-stondagi ta’sir doiralari chegaralariii va Afgoniston amirligining shimoliy chega-ralarini belgiladi. Bitim Turkistondagi ingliz-rus qarama-qarshiligini vaqtincha yumshatdi.1885 yil bitimi Afgoniston chegaralarini belgilash togrisida Londonda 29 avgust da imzolangan. Bitim An-gliya va Rossiyaning Turkiston dagi 1885 yil nizosini, ikki yirik davlat ortasidagi urush xavfini bartaraf qildi. Tuzilgan ingliz-rus chegara komissiyasi asosan Rossiya tala-blarini nazarga olib, Afgonistonning shimoli-garbiy chegaralarini aniqladi va bu haqda 1887 yil 10 iyulda Peter-burgda bitim imzolandi.1907 yilbitimi Orta Sharqdagi ta’sir doiralar chegaralarini belgilash togrisida 18 avgustda Peterburgda imzolangan. Bu bitimlar asosan Tibet, Afgoniston va Eronga doir edi. An-gliya va Rossiya Tibetni mustaqil deb tan oldi. Eron 3 zonaga: Rossiya ta’sir doirasidagi Shimoliy zona va Angliya ta’-sir doirasidagi Janubiy zona hamda bular ortasidagi betaraf zonaga bolindi. Afgoniston Angliya hukumati ta’siri-480da qoldi. Rossiya Afgoniston hukumati bilan faqat Angliya hukumati orqali aloqa qilishga rozi boldi; tomonlar Afgoniston hududiy butunligini buz-maslik majburiyatini oldilar.